“Andijon” – “Bunyodkor” o‘yinida qiziq epizod ro‘y berdi. Holat butun dunyo futbol ixlosmandlarining e’tiboriga tushdi

“Andijon” – “Bunyodkor” o‘yinida qiziq epizod ro‘y berdi. Holat butun dunyo futbol ixlosmandlarining e’tiboriga tushdi

“Bunyodkor” vakili Ismonaliyev hakamning yonginasida Toirovga oyog‘i bilan zarba berdi.

Bu uchun “qizil” ko‘rsatildi. Aslida, bu noprofessional bo‘lsa-da, hazil edi.

“Muhammadkarim bilan yoshlikdan katta bo‘lganmiz, 3 yil bir jamoada to‘p tepdik. Og‘ir kunlarimizda bir-birimizni qo‘lladik, yonma-yon bo‘ldik. Oilaviy bordi-keldimiz bor. Qisqasi, u bilan aka-ukadek yaqinmiz, qalinmiz. Hazillashganim uchun qoidaga amal qilishdi, chetlatishdi, e’tiroz yo‘q”, deydi Ismonaliyev.

Futbolchining aytishicha, Toirov o‘sha vaqtda hakamga “qizil kartochka ko‘rsatmang” demoqchi bo‘lgan.

“Ulgurmay qoldi, chunki uni yiqitishdi. Buning uchun o‘zi mendan uzr so‘radi”, deydi Usmonali.

Ushbu holat internet orqali butun dunyo futbol ixlosmandlarining e’tiboriga tushdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!