Ana xolos! Singapur AQShni yiqitdi

Ana xolos! Singapur AQShni yiqitdi

Hisobotda ta’kidlanishicha, Singapur va Vyetnam "savdo urushi bahonasida o‘z savdo-sotiqlaridan katta foyda olishmoqda". Vyetnam raqobatbardosh iqtisodiyotda qatnashayotgan 137 mamlakat ichida 67-o‘rinni egallab, 10 pog‘ona yuqoriladi.

Singapur va Vyetnamning yuqorilashiga AQSh yordam berdi

Joriy yilning dastlabki besh oyida AQShning Vyetnamdan importi 36 foizga oshdi, chunki ishlab chiqarishni Xitoydan Vyetnamga va boshqa Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlariga ko‘chirdi.

Hongkong uchinchi, Niderlandiya esa to‘rtinchi o‘rinda

Honkong va Niderlandiya ham kuchli beshlikka kirib oldi. Qiziqarli jihat shuki, Hongkongda tinimsiz namoyishlar bo‘lishiga qaramay raqobatbardoshlik bo‘yicha iqtisodiy indeksda 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Dunyo iqtisodida tanazzul sodir bo‘lishi mumkin

Hisobotda aytilishicha, savdo urushlari, raqobatbardosh iqtisodiyotdagi bunday o‘zgarishlar xalqaro investisiyalarni to‘xtatib qo‘yadi, iqtisodiy tanazzullar xavfini oshiradi. Bundan tashqari tovarlarning global yetkazib berish zanjiridagi uzilishlar, narxlarning to‘satdan ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!