Ana xolos! Yevropa mamlakatlari Rojdestvoni nishonlamasligi mumkin

Ana xolos! Yevropa mamlakatlari Rojdestvoni nishonlamasligi mumkin

Evropaning bir qator mamlakatlarining hukumatlari juma kuni Rojdestvoni nishonlash uchun hali erta deb ogohlantirdi va karantin cheklovlari dekabr oxirigacha amal qilishi mumkinligini e’lon qildi, deb xabar berdi  BBC.

Bu haqda Shvesiya, Irlandiya va Fransiya rasmiylari ma’lum qildi. Ba’zi Yevropa davlatlari ham karantin qoidalarini kuchaytirmoqda. O‘tgan kun davomida Italiyada rekord ko‘rsatkich - 40 902 kishi koronavirusni yuqtirgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlarda ham ahvol yaxshi emas. Juma kuni Kaliforniyada bir milliondan ortiq odam koronavirusni yuqtirgan. Ilgari, bunday ko‘rsatkich Texasda qayd etilgan edi. Shtat rasmiylari yangi cheklovlarni e’lon qilishdi va Kaliforniyaliklardan kuchli ehtiyoj bo‘lmasa, shtatni tark etmasliklarini so‘rashdi. Shunga o‘xshash cheklovlar Oregon va Vashington ma’muriyati tomonidan juma kuni e’lon qilindi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!