Amir Temur haqidagi kitob “...maktab o‘quvchilari uchun foydalanishga tavsiya qilinmasin”

A A A
Amir Temur haqidagi kitob “...maktab o‘quvchilari uchun foydalanishga tavsiya qilinmasin”

Yoxud “kitobdagi ma’lumotlarni o‘quvchilar tushunib yetishi, yosh fiziologiyasi va psixologiyasidan kelib chiqib to‘g‘ri kelmaydi”.

(Aslida, bu xabarni eshitganimga o‘n kuncha bo‘ldi. Birdaniga e’lon qilishga jur’atim yetmadi. Muhokamada turgan ikki kitob: “Hazrat Sohibqiron” va “Sohibqiron abadiyati” asarlari bilan tanishib chiqdim. Ushbu kitoblarda Sohibqiron Amir Temur va Temuriydar tarixi bo‘yicha ko‘plab yangi va to‘g‘ri ma’lumotlarni uchratdim...)

Xuddi shunday, respublika Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim markazi ilmiy-metodik kengashi yaqinda shunday qaror qabul qildi. Gap mana bunday bo‘lgandi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Hakim Sattoriy 2016 yil “Sharq” nashriyotida chop etilgan “Hazrat Sohibqiron” va “Sohibqiron abadiyati” kitoblarini maktab o‘quvchilariga mo‘ljallab ixchamlashtirilgan nusxalarini Ta’lim markaziga topshirgandi. O‘rnatilgan tartib bo‘yicha, markazning ilmiy-metodik kengashi xulosasiga ko‘ra kitoblar o‘quvchilarga qo‘shimcha adabiyot sifatida tavsiya etilar ekan. Xullas, markaz ikki kitobni qariyb olti oy o‘rganishdan keyin yuqoridagi xulosaga kelgan. Eng ajablanarli tomoni – xuddi shu muassasa 2009 yilgi xulosasida kitobning bir qismi yuzasidan ma’lumotlar “o‘quvchilarga qiziqarli holda keltirilgan”. “Ushbu kitobning yana bir ijobiy jihati shundaki, u badiiy bo‘rttirmalardan xoli va unda tarixiy manbalarga tayangan holda milliy qahramonlarimizga munosabat bildirilgan. Temuriylar va ularning faoliyatiga bag‘ishlangan esselar o‘quvchi uchun nihoyatda qiziqarlidir”. Xullas, undan “umumiy o‘rta ta’lim muassalarida ham o‘quvchilar, ham o‘qituvchilar qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanishi mumkin” (taqrizchi: bo‘lim boshlig‘i A.Zamonov) tarzida fikr bildirgan edi.

Masalaning ma’naviy tomoniga e’tibor beradigan bo‘lsak, Sohibqiron Amir Temurning xalqimizga qaytarilishi mustaqillikning eng ulkan yutuqlaridan biri hisoblanmoqda. Axir necha asrlar davomida dunyo ahli ulug‘lab kelgan buyuk ajdodimiz bizdan pana qilib kelindi. Shuningdek, xalqaro ekspertlar Temur va Temuriylarning dunyo tamadduniga qo‘shgan ijobiy hissasini allaqachon tan olgan. Qolaversa, bugungi kunda o‘quvchilar, hattoki, “kitobdagi ma’lumotlarni o‘quvchilar tushunib yetishi, yosh fiziologiyasi va psixologiyasidan kelib chiqib to‘g‘ri kelmaydi” deb xulosa bergan Toshkent davlat universiteti tarix fakulteti o‘qituvchisi, dosent O.Rahmatullayeva shu shonli o‘tmishdan to‘liq xabardormi? “Yoshiga to‘g‘ri kelmaydi” degan gap g‘oyatda achinarli emasmi? Axir Alisher Navoiy to‘rt yoshida “Mantiq ut-tayr” singari murakkab asarni tushungan-ku. Mosart uch yoshida simfoniya yozgan ekan. Bobur 12 yoshida ota taxtini boshqargan. Uzoqqa borib o‘tirmaylik, bugungi o‘quvchilarning tengdoshi Nodirbek Abdusattorov 13 yoshida, Javohir Sindarov 12 yoshida shaxmat bo‘yicha xalqaro grossmeyster bo‘ldi-ku.

Hakim Sattoriyning ikki jildli asari Vazirlar Mahkamasining bayoni asosida ikkinchi marta nashr etilgan. kitoblar haqida turli davriy nashrlarda ijobiy taqrizlar e’lon qilingan. Ularda mavzu xronologiya asosida tushunarli uslubda yoritilgan. Temuriylar haqidagi ma’lumotlar shajara asosida ixcham va aniq bayon qilingan. Nahotki, bizning o‘quvchilarimizga o‘z ajdodlari haqidagi qimmatli ma’lumotlar “yosh fiziologiyasi”ga to‘g‘ri kelmasa? Umuman, farzandlarimizga qanday kitoblar tavsiya qilinadi?

O‘sha bayonnomada xalq ta’limi vazirining 191-buyrug‘ida 8-9 sinflarning tarix darsliklarida “vatanparvarlikka undaydigan davr qahramonlari kam yoritilganligi” ta’kidlab o‘tilgani qayd etilgan. Albatta, yana bir marta Xalq ta’limi vazirligi Ta’lim markazining yuqoridagi xulosasiga o‘zining vatanparvarona, xolis munosabatini bildirishini kutib qolamiz.

Manba: uza.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li sud zalida hibsga olindi

Жиноят ишлари бўйича Наманган вилояти Поп туман судида Одилхон қори Юнусхон ўғлига оид жиноят иши бўйича суд жараёни бошланди.

Aholini ro‘yxatga olish savolnomasini xato to‘ldirganlarga ogohlantirish yuborilmoqda

Бу ҳақда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг расмий саҳифасида маълум қилинди.

Ronaldu Jorjina Rodrigesga murojaat qildi

"Ан-Наср" клуби ва Португалия миллий терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду қаллиғи Жоржина Родригесни 32 ёшга тўлгани билан табриклади.

Nikolay Valuyev: "Markaziy Osiyo davlatlariga hech qachon tahdid qilmaganman"

Валуевнинг сўзларига кўра, бу видео бошидан охиригача қайта ишланган ва интернетда нафрат қўзғатиш учун тарқатилган.

Xitoy qurolli kuchlari eng katta yo‘qotishlardan biriga duch keldi

Журналистларнинг таъкидлашича, “тозалаш” кўламининг кенгаяётгани Хитойда нафақат коррупцияга, балки сиёсий садоқатга тобора кўпроқ эътибор қаратилаётганидан далолат беради.

Mayk Xakkabi: "Isroilni yoqtirmasangiz, telefon ishlatmang!"

Унда Қуддусдаги Ҳадассаҳ Medical ёки Тел-Авивдаги Шеба Medical марказларига раҳмат айтинг.

Uyushtirilgan suiqasdda hokim omon qoldi

Бу ҳақда Филиппин давлат ахборот агентлиги хабар бермоқда.

Qashqadaryoda suv tanqisligiga yechim sifatida sun’iy muzliklar barpo etildi

Шаҳрисабз туманининг Сарчашма маҳалласида янги инновацион технологиялар асосида сунъий музлик объектлари барпо этилди.

Qirg‘iziston Rossiyaga qarshi da’vo qo‘zg‘atdi

Қирғизистон меҳнат муҳожирлари учун полисларни расмийлаштиришдан бош тортгани учун Россияга қарши ЕОИИ судига даъво аризаси киритди, деб хабар берди Жогорку Кенешнинг меҳнат, соғлиқни сақлаш, аёллар ва ижтимоий масалалар қўмитаси йиғилишида.

Klopp Madrid klubini boshqaradigan bo‘lsa, "Real" yulduzini sotadi

"Ливерпуль"нинг собиқ бош мураббийи Юрген Клопп ёзда "Реал"га устозлик қилиши мумкин.

Ronaldu maydonda asr rekordini o‘rnatdi

Португалия терма жамоаси ва “Ан-Наср” клуби ҳужумчиси Криштиану Роналду яқинда профессионал фаолиятида 1300-учрашувини ўтказиб, умумий голлари сонини 956 тага етказиб олди.

Vanganing «bashoratlari»: Uchinchi jahon urushi 2026 yilda boshlanadi

Ер атмосферасига улкан космик кема кириб келиши ва инсоният тарихида янги давр бошланади

Saida Mirziyoyeva: Bu fojia nafaqat O‘zbekistonga, balki barcha postsovet mamlakatlariga xosdir"

Бошловчининг: «Одамлар ўзига зарар бераётганини тушуниб етиши учун нега давлат худди „болға“ каби тепасида туриши керак?» деган саволига жавобан, Саида Мирзиёева асл ўзгаришлар секин-аста, вақт ўтиши билан рўй беришини айтди.

Rossiya O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatdan majburan chiqarib yubordi (video)

Шу сабабли, ушбу давлатларнинг фуқаролари ўтказилган махсус рейд тадбирида қўлга олиниб, Россиядан депортация қилинди.

Hatto YTHdan keyin ham Adam Qodirov medal olib kelmoqda

Адам Қодиров йўл-транспорт ҳодисасидан кейинги ҳолатда ҳам медаль билан тақдирланди.

Durdona Hakimovaning jasadi va bolalari O‘zbekistonga qaytarildi

Бу ҳақда Истанбулдаги консулхона хабар берди.

Saudiya Arabistoni AQShning Eronga zarba berishidan manfaatdormi?

Бу ҳақда Axios нашри хабар тарқатмоқда.

Husanov 2-o‘rinda: YECHLning umumiy guruh bosqichidagi eng tezkor futbolchilar ma’lum qilindi

УЕФА матбуот хизмати ЕЧЛ умумий гуруҳ босқичининг энг тезкор футболчиларини маълум қилди.

"Manchester Siti" sardorini tunab ketishdi

"Манчестер Сити" ҳимоячиси Рубен Диаш талончилик қурбони бўлди.

Buxoroda "dom" portlab ketdi

Воқеа жойига ФВВ қутқарувчилари ва бошқа тегишли хизматлар етиб борган. Ҳозирда вазият оқибатлари бартараф этилмоқда.

Toshkent shahridagi “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in bo‘lmoqda

Ҳозирда бинодан барча фуқаролар эвакуация қилинган ва ёнғин ўчириш ишлари олиб борилмоқда.

Ekologiya qo‘mitasi havo ifloslanishi yuzasidan bayonot berdi

Сўнгги кунларда (29–30-январ) мамлакатимизда ноқулай метеорологик шароитлар фонида ҳаво сифати ёмонлашди. Мутахассислар таҳлилига кўра, бунга шамолнинг йўқлиги (штил), паст шамол тезлиги ва ҳарорат инверсияси сабаб бўлмоқда.

Filippinda parom halokati: qurbonlar soni 30 nafardan oshdi

Филиппинда «Trisha Kerstin 3» номли Ro-Ro туридаги паром ҳалокати оқибатида ҳалок бўлганлар сони 31 нафарга етди. Қўшимча икки жасад топилгани маълум қилинди.

O‘zbekiston va Turkiya birinchi xonimlari “Anqara Palas” muzeyiga tashrif buyurdilar

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркия Республикасига расмий ташрифи доирасида мамлакатимиз Биринчи хоними Зироат Мирзиёева Туркия Биринчи хоними Эмине Эрдоған билан биргаликда “Анқара Палас” музейи билан танишди.

Buxoroda IIB xodimi o‘zini daryoga tashlagan ayolni qutqarib qoldi

Қайд этилишича, жабрланувчини 4 нафар фарзанди ҳам бўлган.

Xitoyda Myanmadagi onlayn firibgarlik markazlari tarmog‘ini boshqargan Min oilasining 11 a’zosiga nisbatan o‘lim hukmi ijro etildi

Бу ҳақда Xinhua ахборот агентлиги хабар берди.

Isroil mudofaa armiyasi G‘azoda urush boshlanganidan beri taxminan 71 ming falastinlik halok bo‘lganini ilk bor tan oldi

Бу ҳақда Haaretz нашри хабар берди.

Jizzaxda "Tayson" laqabli shaxs boshqargan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Маълумотларга кўра, гуруҳ аъзолари фуқароларни ўлдириб кетиш билан қўрқитиб, маҳаллада қўрқув ва беқарорлик муҳитини юзага келтирган.

Samarqandda tanishini yollanma qotil orqali o‘ldirishni rejalashtirgan shaxslar ushlandi

Тезкор-қидирув тадбирлари жараёнида ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан сохта киллер ишга жалб қилинган. Фуқаро унга 2,2 минг АҚШ доллари тўлашни ваъда қилган.

Andijonda erkak o‘z xotinini maktabda pichoqlab o‘ldirdi

Ушбу пайт, эркакнинг акаси уни кўриб қолиб, шифохонага олиб боради ва кўрсатилган тиббий ёрдам натижасида унинг ҳаёти сақлаб қолинади.

CSIS: Urushda 325 ming rus, 140 ming ukrain harbiylari halok bo‘lgan

АҚШдаги нуфузли таҳлил маркази – CSIS (Center for Strategic and International Studies) Россия ва Украина ўртасидаги урушда ҳар икки томон кўрган йўқотишлар бўйича ҳисобот эълон қилди.

Trampning Eron bo‘yicha bayonoti ortidan neft narxlari oshdi

АҚШ президенти Дональд Трампнинг Эрон ҳақидаги баёнотидан сўнг нефть нархлари ўсиш кўрсатди. Brent маркали нефть нархи 1 фоизга кўтарилди.

Hindistonda samolyot halokatga uchradi. Qurbonlar orasida vazir o‘rinbosari ham bor

Мумбайдан учган Learjet 45 бизнес-жети Барамати аэропорти яқинида қўнишга уринаётганда ҳалокатга учради.

Andijonda narkolaboratoriya fosh etildi

Экспертиза хулосасига кўра, ушбу моддалар “Альфа ПВП” синтетик гиёҳвандлик воситаси ҳамда “Тропикамид” кучли таъсир қилувчи моддаси ҳисобланади.

O‘zbekistonda issiqxona tashkil etish uchun eng ma’qul hudud qaysi?

Иссиқхона фаолияти билан шуғулланадиган тадбиркорлар учун маҳсулотларни етарли ҳарорат билан таъминлаш муҳим ҳисобланади. Айниқса, қишнинг совуқ кунларида иссиқхонани иситиш кўп ҳаракат ва харажат талаб қилади. Бу борада тадбиркорлар учун энг самарали ечим — қулай ҳудуд танлашдир. Хусусан, Сурхондарё вилояти табиий иссиқ иқлими, қулай муҳит ва шарт-шароитлари билан айнан иссиқхонада маҳсулот етиштирувчилар учун жуда қулайдир.

1 200 nafardan ortiq fuqaroga soxta "prava" berilgan

Таҳлиллар шуни кўрсатдики, сохта гувоҳномаларни олган фуқароларнинг 455 нафари 1 305 марта йўл ҳаракати қоидаларини бузган, 9 нафари йўл транспорт ҳодисаси содир этгани оқибатда, 6 нафар фуқаро тан жароҳати олган ва 3 нафари вафот этган.

Qashqadaryoda iste’molga yaroqsiz va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini sotgan shaxslar ushlandi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 176-моддаси ва 186-1-моддаси билан жиноят иши қўзғатилди

Turkiyada ayollar o‘zbekistonlik ayolning o‘ldirilishi ortidan namoyishlarga chiqdi — OAV

Истанбулда ўзбекистонлик Дурдона Ҳакимованинг ўлдирилиши бўйича тергов давом этмоқда. Аёлнинг жасади Шишли туманидаги чиқинди қутисидан топилган. Бу жиноят кенг жамоатчилик эътирозига сабаб бўлди.

Indoneziyada ko‘chki qurbonlari soni 48 nafarga yetdi

Бу ҳақда мамлакат Фавқулодда вазиятлар агентлигига таяниб Antara агентлиги хабар берди.

Evropa Ittifoqi rossiyalik diplomatlarning harakatlanishini cheklovchi yangi qoidalarni joriy etdi

Европа Иттифоқи Россия дипломатлари учун ҳаракатланиш эркинлигини сезиларли даражада чекловчи янги қоидаларни қабул қилди.