Mardon shahri azimga ish qidirib kelgandi. Ta’biga to‘g‘ri keladigan osongina ish topdi. Kechki 22:00dan tungi 24.00gacha avtoturargohda ishlaydi, kuniga 50-60 ming so‘m puli bor. Bu orada bir qiz bilan tanishdi. O‘z sevgisini bildirish uchun unga qimmatroq buyum sovg‘a qilishni rejalashtirdi. Hamkasblaridan qarz so‘ragandi lekin ulardan pul chiqmadi. Hamqishlog‘i 2005 yilda tug‘ilgan Umidning oldiga bordi. Uning ham puli yo‘q ekan.
Tunda ikkisi bosh qashib, o‘z ijara uylariga yo‘l olishdi.Uchtepa tumanidagi 21-mavzeda joylashgan uylar orasidan o‘tib ketayotib, mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan 1997 yilda tug‘ilgan YO.Azamatga biriktirilgan "Damas" avtomashinasiga ko‘zi tushdi. Gapni bir joyga qo‘yib unga yaqinlashsa, yukxona eshigi ochiq ekan. Yukxonadan salonga o‘tishdi. Haydovchi qo‘shimcha kalitni qoldirib ketganidan foydalanib, uni haydab ketishdi. Mirobod tumani Amir Temur xiyoboniga yetganlarida, motori o‘chib qolgach, shu yerda tashlab ketishga qaror qilishdi. Avtomashina ichidagi 2 dona maxsus qora jomadanda quyosh panellarini o‘rnatishda foydalaniladigan uskunalarni olishni esa unutishmadi. Narxi 300 AQSh dollari bo‘lgan bu moslamaning nima ekanligini bilmagan ikki gumroh uni 100.000 so‘mga sotib yuborishdi. Ertasi kuni, ya’ni 2023 yilning 25 avgustida Mardon yana Umidning yoniga bordi. Yana o‘sha yerdan o‘tib ketishayotganida L.Shohjahonga tegishli bo‘lgan "Damas" avtomashinasini mo‘ljalga olishdi. Eshiklari ochiqligidan foydalanib, salonni tita boshlashdi. Salon tepa qismidagi g‘ilof ichidan 3.500.000 so‘m pulni o‘g‘irlab juftakni rostlashdi.
— Mardonning jinoiy sherigi Umid ilgari o‘g‘irlik uchun sudlangani, 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlanganiga qaramay o‘ziga xulosa chiqarmaganligi va yana jinoyatga qo‘l urgan. Tergov jarayonida uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish zarurati yuzaga kelganligi va bu ko‘p vaqt talab qilganligi sababli uning ishi alohida yurituvga olindi, – deydi Uchtepa tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchisi, katta leytenant B.Nozimov. – Jinoyat ishining Mardonga taalluqli qismi esa sudga oshirildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi ochiq sud majlisida 2006 yilda tug‘ilgan F.Mardonning qilmishini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi (“O‘g‘irlik”), 267-moddasi 2-qismi “b” bandi (“Transport vositasini olib qochish”) bilan aybli deb topildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
Financial Times нашрининг хабар беришича, Франция президенти Эммануэль Макроннинг миллий хавфсизлик бўйича маслаҳатчилари — Эммануэль Бонн ва Бертран Бухвальтер февраль ойида Москвага Украина бўйича тинчлик музокаралари таклифи билан ташриф буюрган.
Россия президенти Владимир Путин АҚШга разведка соҳасида “келишув” таклиф қилди. Унга кўра, Москва Эронга разведка маълумотларини узатишни тўхтатиши эвазига Вашингтондан Украинага разведка ёрдамини тўхтатиш талаб қилинган.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Наврўз умумхалқ байрами ва муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш арафасида халқимизга хос эзгулик, меҳр-оқибат, бағрикенглик, кечиримли бўлиш каби олижаноб фазилатларни намоён этган ҳолда ҳамда давлатимиз томонидан олиб борилаётган инсонпарварлик сиёсатининг амалий тасдиғи сифатида “Жазо муддатини ўтаётган, қилмишига чин кўнгилдан пушаймон бўлган ва тузалиш йўлига қатъий ўтган бир гуруҳ шахсларни афв этиш тўғрисида”ги Фармонни имзолади.