Amerikalik erkak COVID-19ga qarshi emlanganidan bir necha soat o‘tgach vafot etdi

Amerikalik erkak COVID-19ga qarshi emlanganidan bir necha soat o‘tgach vafot etdi

AQShning Kaliforniya shtatida bemor koronavirusga qarshi emlanganidan bir necha soat o‘tgach vafot etdi.

Bu haqda “Facebook”da Kaliforniya okrugi sherifi idorasi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, koronavirus infeksiyasi tashxisi 2020 yil dekabrida qo‘yilgan erkak 21 yanvar kuni emlangan.

"U o‘limidan bir necha soat oldin COVID-19ga qarshi emlangandi", - deyiladi xabarda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhum sog‘liqni saqlash bo‘limida emlanmagan.

Uning qanday vaksina bilan emlanganligi esa hisobotda ko‘rsatilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!