AQShda o‘nlab avtomobil kompaniyalari bor. Bir yilda yuzlab markadagi 10 millionga yaqin mashina ishlab chiqariladi. "Buyuk kelajak" eksperti Behzod Mamadiyevning fikricha, raqobat juda kuchli: kompaniyalar mijoz uchun bir-biri bilan sifat va narxda juda qattiq kurashadi.
Quyida maqolani to‘liq keltiramiz:
Salondan mashina olish tartibi
Birinchi yangi mashinamni 2013 yil sotib olganman. Yangi mashina olish niyatim yo‘q edi. Shahrimizdagi salonlardan biriga "Pre-owned" (ilgari haydalgan) mashinalar narx-navosini bilgani bordim. Qarasam, ba’zi markadagi yangi mashinalarga 0 foizli besh yillik kredit bor ekan. Olaman, dedim. Xo‘p bo‘ladi, deyishdi. Yarim soatda "Toyota Corolla" mashinasini haydab chiqib ketdim. Boshlang‘ich to‘lov uchun, adashmasam, to‘rt ming dollar to‘lagan edim. Lekin $1-2 ming to‘lab chiqsa ham bo‘ladi.
Agar kreditga olishni istasangiz, avvalo, kredit tarixingizni tekshirishadi. Nafaqat avtosalonda, istalgan joyda kredit olishda shu jarayondan o‘tasiz. Ilgari olgan qarzlaringizni vaqtida to‘laganmisiz, to‘lanmay qolib ketgan qarzlaringiz yo‘qmi, shu kabi ma’lumotlar onlayn tekshiriladi. Sizga oid barcha bank-kredit ma’lumotlari markaziy ma’lumotlar bazasiga ulangan (bu ish bilan 2-3 ta kompaniyalar shug‘ullanadi) bo‘ladi.
Moliyaviy tarixingizga qarab, sizga 300 dan (eng yomoni) 850 gacha (eng yaxshisi) ball beriladi. 700 dan tepasi odatda yaxshi hisoblanadi va mashina, uy-joylarni shu ball bilan bemalol imtiyozli kreditga xarid qila olasiz. Kredit ballingiz qanchalik yuqori bo‘lsa, kredit foizi shuncha past bo‘ladi.
Kredit bahoingiz yetarli darajada chiqqach, siz kredit shartnomasiga, mashinaga oid boshqa hujjatlarga imzo chekasiz. Bularni yarim soatda tugatib, salondan yangi mashina bilan chiqib ketishingiz mumkin.
Narxlar
AQShda 12 ming dollardan boshlab bir necha million dollargacha bo‘lgan mashinalar bor. Hamyoningizga qarab savdo qilaverasiz.
Salonlarda rasman tekshiruvdan o‘tkazilgan, kilometri kam, avval haydalgan (pre-owned), lekin kafolatga ega mashinalar ham sotiladi. Ularni 3-4 ming dollardan boshlab xarid qilish mumkin. Bozorga chiqsangiz (odatda onlayn saytlarda), 1-2 ming dollarga ham yuradigan, "to‘rt muchasi sog‘" mashina topish mumkin.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Ҳамюртимиз Абдуқодир Ҳусанов тўп тепаётган "Манчестер Сити" бугун, 17 декабрь куни Англия Лига кубоги чорак финали доирасида ўз майдонида "Брентфорд"ни қабул қилади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.