Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.A. fuqaro S.Ening ishonchiga kirib, uni tanishlari yordamida 15 000 AQSh dollari evaziga Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni va’da qilib, shundan 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkaziladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)