Amerika aviakompaniyalari Rossiya orqali parvoz qilishni taqiqlashni so‘ramoqda

Amerika aviakompaniyalari Rossiya orqali parvoz qilishni taqiqlashni so‘ramoqda

Amerika aviakompaniyalari Oq uyga raqobatchilar ustidan shikoyat qilib, Rossiya orqali parvoz qilishni taqiqlashni so‘ramoqda.

The New York Times gazetasining yozishicha, maxsus operasiya boshlanganidan keyin AQSh aviakompaniyalari Rossiya Federasiyasi havo hududidan foydalanish «imkoniyatini yo‘qotgan», Air India, Emirates va China Eastern Airlines kabi aviatashuvchilar esa buni davom ettirmoqda.

Maqolada qayd etilishicha, ular «nohaq ustunlik»ga ega bo‘lishgan – ular AQSh va Osiyo o‘rtasida tezroq va arzonroq parvoz qiladi, shuningdek, yoqilg‘i tejaydi.

Endi Amerika aviakompaniyalari lobbichilarni kuchaytirdi va rasmiylardan boshqa tashuvchilarni «amerikalik raqobatchilar bilan bir xil yo‘nalishlarda uchishga» majburlashni talab qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!