Amazon TikTok'ni sotib olish uchun ariza berdi — The New York Times

Gazetaning manbalariga tayanib yozishicha, Amazon ByteDance kompaniyasidan TikTok'ning Amerika bo‘limini sotib olish uchun ariza topshirgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyning yuqori martabali amaldorlari bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda, unda TikTok'ning kelajagi muhokama qilinadi. Ehtimoliy kelishuv doirasida ijtimoiy tarmoqning aksiyadorlari qatoriga yangi amerikalik investorlarning qo‘shilishi mumkin, biroq kompaniyaning rasmiy ravishda sotilishi talab qilinmaydi.
2024 yil aprel oyida AQShning o‘sha paytdagi prezidenti Jo Bayden tomonidan imzolangan qonunga ko‘ra, agar TikTok platformasiga egalik qiluvchi Xitoyning ByteDance texnologiya kompaniyasi 270 kun ichida AQShda ijtimoiy tarmoqni sotmasa, mamlakatda undan foydalanishni taqiqlash imkonini beruvchi qonunni imzolagandi. Trampning inaugurasiyasidan biroz oldin AQSh Oliy sudi ushbu qonunni tasdiqladi.
Tramp prezidentlikka kirishishi bilanoq, maxsus farmon chiqardi va AQSh bosh prokuroriga qonunni kuchga kirishini 75 kunga kechiktirishni buyurdi. Ushbu “kechikish” muddati 5 aprel kuni tugaydi.