Alohida toifadagi yo‘lovchilarga temir yo‘l transportida yiliga bir marta bepul yurish huquqi berildi

Alohida toifadagi yo‘lovchilarga temir yo‘l transportida yiliga bir marta bepul yurish huquqi berildi

Temir yo‘l transporti sohasidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonun joriy yil 1 yanvardan kuchga kirdi.

Amaldagi “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun davr talabiga javob bermasligi, undagi ko‘plab tushunchalarning ma’nosi bugungi kunda eskirgani sababli yangi qonun qabul qilindi.

Yangi qonunga 17 yangi tushuncha kiritildi. Jumladan, “temir yo‘l transporti” “umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti”, “vakolatli tashkilot”, “temir yo‘l transporti yo‘lovchisi”, “yuk”, “muhofaza zonasi” va boshqa tushunchalar alohida moddalarda o‘z aksini topib, ularga doir talablar belgilandi.

Bir-biriga nomuvofiq va havolaki normalar qayta ko‘rib chiqildi. Xususan, “temir yo‘l transporti” tushunchasi qayta ko‘rib chiqildi va yangi tahrirda bayon etildi. Bunda respublikaning temir yo‘l transporti belgilangan maqsadlar bo‘yicha umumiy foydalanishdagi va umumiy foydalanishda bo‘lmagan temir yo‘l transportiga ajratildi.

“Temir yo‘l transporti infratuzilmasi” tushunchasi ushbu qonunda nazarda tutilgan turli xil ob’ektlarni o‘z ichiga oluvchi texnologik majmua sifatida ifoda etildi.

Qonunga “umumiy foydalanish temir yo‘l transporti infratuzilmasi operatori” degan yangi tushuncha kiritildi va operatorga qo‘yiladigan asosiy talablar qonunning alohida yangi moddasida bayon etildi.

O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti faoliyatiga nisbatan amaldagi qonunda “tashuvchi” tushunchasi mavjud emas edi. Bu esa bartaraf etilishi kerak bo‘lgan qonunchilikdagi bo‘shliqdir. Shunga ko‘ra, qonun “Tashuvchining huquq va majburiyatlari” moddasi bilan to‘ldirildi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida temir yo‘l transportida faoliyatni tartibga solish muammolarini sifatli hal qilishda yuqori darajadagi boshqaruvning roli va mas’uliyati oshib bormoqda.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati, bir tomondan, yo‘lovchilar va yuklarni tashishga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlash bo‘yicha davlatning asosiy vazifasi bilan bir qatorda, boshqa tomondan, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt sifatida shartnomalarni bajarish, moliyaviy manfaatlar, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni sotishdan va aksiyadorlik jamiyatini saqlash va rivojlantirishga qaratilgan boshqa faoliyat turlaridan daromad olish bo‘yicha majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan.

Shu munosabat bilan amaldagi qonunning 10-moddasi to‘liq qayta ko‘rib chiqildi va bir nechta moddalarga ajratildi. Temir yo‘l transporti faoliyatini tashkil etish va boshqarish bilan shug‘ullanuvchi organlar vazifalari aniq chegaralandi, vakolatlar (kompetensiyalar) belgilandi.

Ijro etuvchi hokimiyat organi sifatida Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari sifatida hokimliklar, davlat boshqaruvi organlari sifatida Transport vazirligi va Transport nazorati inspeksiyasi, umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti sohasidagi xo‘jalik boshqaruvi organi sifatida “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati etib belgilandi.

Qonunga yangi moddalar ham kiritildi. Xususan, temir yo‘l transporti tashuvchisining yo‘qotishlari va zararlarini qoplash to‘g‘risida (30-modda) me’yorlar kiritildi. Chunki, amalda yo‘lovchilarni temir yo‘l transportida tashishdan ko‘rilgan zararlar tashkilotga ortiqcha yuklatilgan bo‘lib, Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanishi nazarda tutilmagan edi. Konstitusiyaning 19-moddasini ta’minlash maqsadida alohida toifadagi yo‘lovchilarga temir yo‘l transportida yiliga bir marta bepul yurish huquqi belgilandi.

Amaldagi qonunda havolaki normalar, shuningdek, “normativ hujjatlar” so‘zlari ifodalangan moddalar mavjudligi, temir yo‘l transporti faoliyati nafaqat me’yoriy texnik hujjatlar bilan, balki normativ-huquqiy hujjatlar bilan ham tartibga solinishi sababli, ushbu normalarning tahririga o‘zgartirish kiritildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

9 yanvar AQShda motam kuni deb e’lon qilindi

Бу ҳақда Оқ уй сайтида эълон қилинган баёнотда айтилади.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi “Manchester Siti”ga o‘tishi mumkin

“Ланс” ҳимоячиси Абдуқодир Хусанов топ-клублар эътиборини тортишда давом этмоқда.

G‘arb Rossiyadan sanksiyalarni AQShga ko‘chirishni taklif qildi

Санкциялар Россиядан олиб ташланиши ва АҚШга ўтказилиши керак, чунки Нью-Йоркдан фарқли ўлароқ, Москвада санкциялар остида ўнлаб метро станциялари очилди . Ирландиялик журналист Чей Боуз Х ижтимоий тармоғидаги саҳифасида шундай таклиф билан чиқди.

Rodri «Oltin to‘p»ga Vinisius loyiqligini aytgan Ronalduga javob qaytardi

Родри Криштиану Роналдунинг «Олтин тўп» ҳақидаги сўзларига изоҳ берди.

Mayk Taysonning rekordini yangilagan, qariyb bir hafta oldin jang qilgan chempion bokschi 35 yoshida vafot etdi

Бу ҳақда америкалик менежер, қўшиқчи Ne-Yo маълум қилди.

Moskva g‘azabda: Barcha javobgarlik AQShda...

Россия газини Украина орқали етказиб беришнинг тўхтатилиши европаликларнинг турмуш даражасига “энг салбий таъсир кўрсатади”, шунингдек, Европанинг иқтисодий салоҳиятини заифлаштиради, дейди Россия ТИВ матбуот котиби Мария Захарова.

«Manchester Siti» Abduqodir Husanov uchun «Lans»ga qancha pul taklif etayotgani ma’lum bo‘ldi

«Манчестер Сити» клуби 20 ёшли ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиш учун 20 миллион фунт стерлинг тўлашга тайёр.

Rus gazi to‘xtashi qaysi davlatlarga ta’sir qiladi, qaysilariga ta’sir qilmaydi?

Европа Иттифоқи ва НАТО аъзоси Словакия ва унинг бош вазири Роберт Фитсо Украина ва унинг президенти Владимир Зеленский билан Россия газининг Украина орқали транзитининг тўхташи юзасидан тўқнаш келишди.

Ertaga, 31 dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Ўзбекистон Республикаси Гидрометеорология хизмати агентлигининг хабар беришича, 31 декабрь куни Тошкентда ҳаво ўзгариб туради, кечаси бироз ёмғир ёғиши мумкин, кундузи ёғингарчилик бўлмайди. Ғарбдан эсаётган шамол ўз йўналишини ўзгартириб, шарқдан секундига 5-10 метр тезликда эсади. Кечаси 2-4, кундузи 8-10 даража илиқ бўлади.

Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini olib borayotgan hamyurtlarimiz uchun muhim xabar

Документида муаммоси бор ҳамюртларимиз вақтида ҳужжатларни тўғирлаб олинг!

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Ukraina Qurolli Kuchlari tan oldi: Biz pozisiyalarimizni yo‘qotmoqdamiz...

Россия қўшинлари мамлакат шарқида Украина мудофаа кучларининг айрим позицияларини йўқ қилди.

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi mamlakat choyini ichishi ma’lum bo‘ldi

Статистика агентлиги маълумотларига кўра, Ўзбекистонга 2024 йилнинг январ–ноябр ойларида хориждан қиймати 45,2 млн АҚШ долларига тенг бўлган 30 204 тонна чой импорт қилинган.

Putin Ukrainaga yadroviy zarba bermoqchi bo‘lgan, lekin uni bundan kim qaytardi?

Путинни Украинага ядровий ҳужумдан қандай қайтаришди?

Bayden AQShni milliardlardan mahrum qildi

Байден ўз қарорини миллий хавфсизлик манфаатларига асосланган ҳолда тушунтирди.

Eron “tayyor”. Bu G‘arbga bog‘liq

Эрон ядровий келишувнинг ўзига тегишли қисмини бажарган, аммо…

Fiso Putin bilan uchrashuvdan so‘ng g‘oyib bo‘ldi

Словакияда икки ҳафтадан бери бош вазир Роберт Фицонинг қаердалиги номаълум.

Mask Britaniya bosh vazirini zo‘rlashda aybladi

Америкалик миллиардер Илон Маск Британия бош вазири Кей Стармерни кескин танқид қилди.

Navoiyda Nexia urib ketgan er-xotin vafot etdi

Навоийда инсонлар ўлими билан боғлиқ ЙТҲ содир бўлди.

Efiopiyada kuchli zilzila sodir bo‘ldi

Эфиопияда 5,0 магнитудали зилзила қайд этилди.

ID Hamasning yashirin qurol-yarog‘ ustaxonasini yo‘q qilganini e’lon qildi

Исроил мудофаа кучлари Ғазо секторининг марказий қисмида ер ости қурол-аслаҳа устахонаси, шунингдек, Фаластиннинг ХАМАС ҳаракатининг тўрт нафар аъзоси тугатилганини эълон қилди.

AQShning 62 millionga yaqin aholisi qor bo‘ronidan zarar ko‘rishi mumkin

Метеорологларнинг прогнозларига кўра, бўрон камида 12 штатда қор ва музга олиб келади. Шу билан бирга, шамол тезлиги соатига 65 км га етиши мумкин.

Tramp o‘zining donorlik rekordini yangiladi

Бу ҳақда Американинг The New York Times газетаси хабар бермоқда .

Evrokomissar: Yevropa Ittifoqi keskin suv tanqisligidan aziyat chekmoqda

Жессика Росваллга кўра, Европа қурғоқчиликдан азият чекмоқда, Европа Иттифоқи эса сув инқирозидан чиқиш ҳаракатлари ўрнига, энергия хавфсизлигига эътибор қаратмоқда.

Braziliyada Aqtau yaqinida qulagan AZAL samolyotining qora qutilarini o‘rganish boshlandi

Бразилия 25 декабрь куни Қозоғистоннинг Ақтау шаҳри яқинида ҳалокатга учраган AZAL самолёти кабинасидан овоз ёзиш мосламасини аллақачон ўрганишни бошлаган.

Sud Trampga pornoaktrisa ishi bo‘yicha hukm chiqaradi

Трамп 20-январда бўлиб ўтадиган инаугурациясига 10 кун қолганида ҳукм қилинади.

Tramp Isroilga xayrixoh shaxsni Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus elchi o‘rinbosari etib tayinladi

Ортагус Исроил Бош вазири Бенямин Нетаняхунинг мухлиси сифатида тасвирланган махсус элчи Стивен Виткофф қўл остида хизмат қилади.

Yunning tarafdorlari norozilikni davom ettirmoqda

Президентнинг юзлаб тарафдорлари унинг қароргоҳига йиғилиб, терговчиларга тўсқинлик қилишди.

Janubiy Koreyadagi qarama-qarshilik haqida yana nimani bilamiz?

Уларда ўқотар қурол бўлганга ўхшаса-да, мулозимнинг айтишича, тўқнашувда ҳеч қандай қурол ишлатилмаган.

So‘nggi ikki kun ichida fashistlar G‘azoning 150 nafar aholisini o‘ldirdi

Индонезия касалхонасининг атрофи босқинчилар томонидан кучли ўққа тутилмоқда.

“Uralskix avialiniy” samolyoti favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Аэропортда самолётни ўт ўчириш ва тез ёрдам хизматлари кутиб олди.

Polshada fermerlar norozilik namoyishlarini boshladi

Фермерлар намойишига, шунингдек, овчилик жамияти вакиллари ҳам қўшилган, улар ўрмонлардан фойдаланиш ва ов қилиш борасидаги ЕИ ҳамда ҳукумат сиёсатидан норози.

Falastin vakili BMT Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida yig‘ladi

Бу ҳақда РИА Новости хабар бермоқда .

Husiylar Isroilga qarshi muvaffaqiyatli zarba berganini da’vo qilmoqda

Бу ҳақда ҳусийлар вакили Яҳё Сария маълум қилди, дея хабар беради “Ал-Масираҳ” .

AQSh Xitoy kompaniyasini kiberhujumlarda ayblab, unga qarshi sanksiyalar kiritdi

Бу ҳақда бошқарма сайтида хабар берилган .

Tailandda ispaniyalik turist fil hujumi oqibatida hayotdan ko‘z yumdi

Испаниялик турист Таиландда фил ҳужуми оқибатида ҳалок бўлди.