Allohning xohishi bo‘lsagina, farzand yaraladi

A A A
Allohning xohishi bo‘lsagina, farzand yaraladi

Alloh taolo birinchi inson Odam otani loydan yaratdi. Bu haqda U Zotning O‘zi «Mu’minun» surasida shunday deb marhamat qiladi:

ﮕ ﮖ ﮗ ﮘ ﮙ ﮚ ﮛ ﮜ

«Qasamki, batahqiq, insonni loy zubdasidan yaratdik» (12‑oyat).

U kishidan jufti – momo Havvoni yaratdi. So‘ngra ikkovlaridan ko‘plab erkak va ayollarni tarqatdi.

Alloh taolo «Niso» surasida bunday deydi:

ﭑ ﭒ ﭓ ﭔ ﭕ ﭖ ﭗ ﭘ ﭙ ﭚ ﭛ ﭜ ﭝ ﭞ ﭟ ﭠ ﭡ

«Ey odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko‘plab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qo‘rqinglar!» (1‑oyat).

Ushbu oyatdagi ulkan haqiqatlardan biri «...va undan uning juftini yaratib» jumlasida o‘z aksini topgandir. Ya’ni bundan «O‘sha jondan uning juftini – xotinini yaratgan», degan ma’no kelib chiqadi.

«...va ikkovlaridan», ya’ni o‘sha «bir jon» bo‘lmish Odam va uning jufti – Havvodan

«ko‘plab erkagu ayollarni taratgan»i ham muhim bir haqiqatdir. Alloh taolo agar xohlasa, birdaniga xilma-xil, son-sanoqsiz erkagu ayollarni yaratishga ham qodir edi. Ammo U Zot bunday qilishni xohlamadi. Yer yuzidagi turli insonlarning qarindoshlik aloqalari, oila rishtalari ila o‘zaro bog‘liq bo‘lishlarini iroda qildi. Islomda oilani mustahkamlashga katta e’tibor berilishining siri ham shunda.

Shuning uchun ham yangi oila qurgan har bir er‑xotin qo‘shilishlari bilan orada farzand bo‘lishi masalasi ham yuzaga chiqadi. Zotan, oila qurishdan sof tabiatli inson ko‘zlaydigan bosh maqsadlardan biri ham farzand ko‘rishdir.

Alloh taolo dunyodagi hamma jonzotlarni, narsalarni, hayvonlarni bir-biriga bog‘liq, bir-biriga mos, bir-biridan manfaat oladigan qilib yaratgan. Shu jumladan, insonlarda jinsiy aloqa masalasini erkak va ayolga bog‘lab qo‘ygan. Haqiqiy jinsiy aloqa, lazzat, undan keladigan samara – farzand ana o‘sha tabiiy aloqa orqali vujudga keladi. Alloh taoloning inson zotini juft qilib yaratishidagi hikmat ham ana shunda.

Alloh taolo «Naba’» surasida bunday deb marhamat qiladi:

ﭬ ﭭ ﭮ

«Va sizlarni juft qilib yaratdik» (8‑oyat).

Ya’ni, erkak va ayol qilib.

Ha, Alloh taolo odam zotini juft qilib, erkak-ayol qilib yaratishining o‘zi ulkan mo‘’jizadir. Avvalo, erkak va ayolning tuzilishi va erkakligu ayollik xususiyatlari ulkan mo‘’jizalardir. Bu ishni Alloh taolodan boshqa hech kim qila olmaydi. Bu ishga faqatgina Alloh taoloning yolg‘iz O‘zi qodirdir.

Qolaversa, har bir juftning har ikki tomoniga o‘zidan nasl qoldirishga cheksiz muhabbat berib qo‘yilgandir. Hattoki, ular o‘zidan nasl qoldirish yo‘lida jon berishga ham tayyor darajaga yetadilar. Ko‘p ayollar o‘limni bo‘yniga olib, farzand ko‘rishga qaror qiladilar. Umuman olganda esa, har bir homilador ayolda bu jur’at bordir. Tug‘ilgan farzandni tarbiyalab, o‘stirish mashaqqat, og‘ir va tinimsiz mehnatdan iborat. Xo‘sh, ushbu omilni har bir inson tabiatiga kim solib qo‘ygan? Nima uchun bu narsa millionlab yillardan buyon davom etib, inson naslining yer yuzida bardavom qolishi vositasi bo‘lib kelmoqda? Albatta, bularni faqatgina Alloh taoloning yolg‘iz O‘zigina qilishi mumkin.

Odamlar Alloh joriy etgan tabiiy qoidalarga odatlanib qolganlar. Shu bois, bu hodisalarning har lahzada sodir bo‘lib turishini qonuniy yoki majburiy narsalar, deb biladilar. Bu qoidalar ularning ko‘z o‘ngida ko‘p takrorlanaverganidan, shu qarorga kelganlar. Biroq, ushbu qoidalarni joriy etgan Alloh uchun ayrim hollarni istisno etish ham hech gap emas.

Erkak va ayolning jinsiy unsiyatidan farzand paydo bo‘lishini Alloh taolo umumiy qoida qilib qo‘ygan. Aslida, erkak va ayol qo‘shilgan taqdirda ham, Allohning xohishi bo‘lsagina, farzand yaraladi. Bu haqiqatni ko‘pchilik unutib qo‘yadi. Unutiladigan haqiqatlarni bandalarning yodiga solib turish uchun, Alloh taolo har-har zamonda mazkur umumiy qoidalarga xilof hollarni ham yuzaga keltiradi. Ba’zi bir er va ayollarga farzand bermaydi. Agar bola yaralishining asosiy omili erkak va ayolning qo‘shilishigina bo‘lsa, nima sababdan hamma ham farzandli bo‘lavermaydi? Shuningdek, qartayib qolgan kishilardan farzand bo‘lmasligi ham odamlar uchun tabiiy qoida, ammo Alloh xohlasa, Zakariyo alayhissalomga berganidek, keksa juftlarga ham farzand ato qilaveradi. Alloh har bir narsaga qodir, chunonchi, xotini bo‘lmasa ham Odam Atodan Momo Havoni yaratganidek, erkakning o‘zidan ayol paydo qiladi. Aksincha, Bibi Maryamdan Iyso alayhissalomni yaratgani kabi, erkak bo‘lmasa ham ayolning bir o‘zidan farzand yaratishi mumkin. Shuningdek, Odam Atoni yo‘qdan bor qilganidek, na er va na ayolsiz ham turfa maxluqlarni hayot sahniga keltira oladi.

Mulohaza qilsak, mazkur hodisalarning barchasida ham Alloh taolo O‘zi yaratgan sababchi omillarni ishga soladi. Chunki U Zot bu dunyoni shu asosda yaratgan. Aslida, birgina «Bo‘l!» desa, Odam Ato bino bo‘lardi. Ammo bunday qilmadi. Dastavval uni O‘z qo‘li bilan loydan odam shaklida yasadi, bir muddatdan keyin uning ichiga jonni kiritdi.

Shunga o‘xshab, Zakariyo alayhissalomga ham tayyor o‘g‘ilni shunday tutqazib qo‘ymadi. Pushtsiz kampiri bilan qo‘shilganidan keyin ayol homilador bo‘ldi. Homila paydo bo‘lganining belgisi sifatida Alloh taolo Zakariyo alayhissalomni uch kun tilsiz qilib qo‘ydi. Nihoyat, farzand odatdagidek, tabiiy yo‘sinda dunyoga keldi.

Shuningdek, Odam Atodan Momo Havoni yaratishda ham o‘ziga xos bir qancha tadbirlar amalga oshirilgan.

Bokira Maryamdan erkak ishtirokisiz bola paydo qilish jarayoni qanday kechganiga kelsak, biz o‘rganayotgan oyatlarda aytilganidek, farishta Jabroil alayhissalom Maryamning oldiga kelib, uning ko‘ylagi yoqasidan puflagan va Maryam onamiz Iso alayhissalomga homilador bo‘lganlar.

Xuddi shuningdek, Alloh taolo erkak va ayol, agar farzand istasalar, buning uchun, birga nikohlanib yashashlarini va jinsiy qo‘shilishlarini shart qilib qo‘ydi. Alloh taolo dunyoda joriy qilgan sababiyat qonuni asosida o‘sha qo‘shilish bo‘lsagina, farzand bo‘lishini iroda qildi.

Ha, Alloh taolo insonni erkak va ayol jinsida yaratdi. Har biriga o‘ziga xos a’zolar va xususiyatlar berdi. Jumladan, inson naslini bardavom etish uchun har birini o‘ziga xos tanosil a’zolari bilan yaratdi. Inson naslini erkak va ayolning qo‘shilishi natijasida paydo bo‘ladigan qildi. Bu qo‘shilishdan ikkovlari ham tabiiy lazzat oladigan bo‘ldilar. Buning uchun ularda zarur a’zolar – his-tuyg‘u, hujayralar va shu kabi anvoyi moddalarni xalq qildi. Ushbu qo‘shilishdan hosil bo‘ladigan lazzat va rag‘batga nisbatan bo‘lgan qiziqishni farzandning g‘oyat qattiq azob bilan tug‘ilishi, uning tarbiyasi kabi mashaqqatlarni ham unutadigan darajada qudratli ayladi. Alloh taolo inson zotining jinsiy yaqinlik yo‘li bilan, ya’ni nikohlangan erkak va ayolning qo‘shilishi orqali pokiza yo‘l bilan ko‘payib turishini iroda qildi va buni hayotiy zaruratga aylantirdi.

Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, ayrim oilalarda, barcha shart-sharoitlar mujassam bo‘lishiga qaramay, farzand bo‘lmasligi Xoliq Alloh taoloning O‘zi ekani, oila qurish, jinsiy munosabat va boshqa farzand ko‘rish uchun kerak bo‘ladigan omillar faqatgina oddiy sabablar ekani, hamma narsa Alloh taoloning qudrati bilangina yuzaga kelishini namoyon qiladi.

Oila qurib yashayotgan kishilar ushbu haqiqatlarni anglab yetishlari lozim. Ular farzandni Alloh taoloning O‘zigina ato qilishi mumkinligini, er‑xotin bu borada sababdan boshqa narsa emasliklarini bir lahza ham unutmasliklari kerak. Shu bilan birga, o‘zlarining bo‘lajak farzandlari oldidagi burchlarini anglab yetib, o‘sha sharafli burchlarni ado etish payidan bo‘lishlari lozim.

«Baxtiyor oila» kitobidan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Zelenskiy Klichkoning so‘zlaridan so‘ng jiddiy ogohlantirish yubordi

Бу унинг Киев мэри Виталий Кличконинг Киев режими раҳбарини Украинада ҳукм сураётган авторитаризм борасидаги танқидига жавоби бўлди.

Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida qurolli mojaro boshlandi

Бошқа тафсилотлар ошкор этилмади.

BAA bosh murabbiyi muxlislarga murojaat bilan chiqdi

Амирликлар учун жуда муҳим кун ва ажойиб кеча яқинлашмоқда.

Hindiston cho‘kib ketmoqda - yarim milliondan ortiq qurbonlar

Ҳиндистон шимоли-шарқида муссон ёмғирлари сабаб бўлган сув тошқинлари ва кўчкилар қурбонлари сони 36 кишига етди, 550 мингдан ортиқ аҳоли жабр кўрди.

Avstriya Istanbuldagi muzokaralardan so‘ng Zelenskiyning taqdiri dahshatli bo‘lishini bashorat qilmoqda

Россия урушдан олдин этник руслар яшаган ерларни озод қилган ва назорат қилади.

Ukraina yadroviy muvozanatni buzdi

Операция жуда пухта ишлаб чиқилди: украиналиклар дронларни яширинча Россияга олиб кирган

Ukrainalik desantchilar rossiyalik harbiylarni asirga oldi

"Россия Федерацияси ҳудудидаги ўз бўлинмаларида уларга нисбатан шафқатсиз муносабат, руҳий тазйиқ ва таҳдидлар қўлланилган," - дейилади хабарда.

Ukrainaning "Pautina" amaliyoti: Putinning yadroviy samolyotlari dronlar bilan yo‘q qilindi

2025 йил 1 июнь куни Украина Хавфсизлик хизмати (СБУ) томонидан амалга оширилган “Паутинa” номли махсус амалиёт доирасида Россиянинг икки муҳим стратегик ҳаво базаси дронлар орқали ҳужумга учради.

Tanishing: yangi "Dunyo go‘zali" (FOTOGALEREYa)

Бу галги “Дунё гўзали” танловининг ғолиби таиландлик Сучата Чуангсри бўлди, деб хабар беради расмий сайт. Бу унвон учун 108 нафар иштирокчи кураш олиб борди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

"Drondan faqat siz emas, biz ham foydalanishni bilamiz" - Rossiya Ukrainaga hujum qildi

Унинг таъкидлашича, ҳужумда камида олтита дрон ишлатилган.

BAA - O‘zbekiston o‘yinini qaysi telekanallar orqali tomosha qilish mumkin?

Ўйин Тошкент вақти билан 21:00да старт олади.

Boshlandi! AQSh Kiyevga va’da qilingan raketa komponentlarini o‘z ehtiyojlariga yo‘naltirdi

Бу ҳақда The Wall Street Journal хабар бермоқда.

Makgregor: "Bu Ukrainaning piari. Aslida ko‘proq zararni AQSh va Rossiya ko‘rdi"

Украина яна бир бор Киевнинг эҳтиётсиз ҳаракатлари туфайли Россия АҚШга ишона олмайдиган вазиятни яратди

O‘zbekiston terma jamoasining qaysi futbolchilari doping tekshiruvdan o‘tdi?

Хабарингиз бор ОФК допинг текшируви ўтказиш учун допинг офицерларини жамоамиз истиқомат қилаётган меҳмонхонага боргани ҳақида хабар берилганди.

Toshkent viloyatida eshak go‘shtini sotganlarga 2 yil qamoq jazosi tayinlandi

Оҳангаронда тезкор тадбир пайтида 23 бош тирик ва 15 бош сўйилган эшак аниқланди.

GHF guruhi G‘azoda yordam joylarini ikkinchi kun ham yopiq qoldirdi

Исроил ва АҚШ томонидан қўллаб-қувватланадиган GHF ташкилоти Ғазодаги ёрдам тарқатиш нуқталарини иккинчи кун ҳам очмаслигини эълон қилди. Бу қарор фожеали ҳужумлардан сўнг қабул қилинди.

Erondan Naxchivon orqali Turkiyaga ketayotgan yuk mashinasidan katta partiya marixuana topildi

Ҳозирда мазкур ҳолат юзасидан тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Tramp 12 mamlakat fuqarolariga AQShga kirishni taqiqladi

"Бизга зарар етказмоқчи бўлганларнинг мамлакатимизга киришига йўл қўймаймиз", деди Трамп.

Mask X ijtimoiy tarmog‘ida Trampning yangi qonun loyihasiga qarshi kurashmoqda

Ушбу қонун лойиҳаси федерал харажатларни ва АҚШ давлат қарзини янада оширишни назарда тутади. Маск эса бошидан харажатларини 2 баравар камайтириш тарафдори эди.

Rossiyaning zarbalari tufayli Ukrainaning Sumi viloyatidan 8 mingga yaqin bola evakuasiya qilindi

Бу ҳақда Шарқий Европа ҳисобот бюросига вилоят ҳарбий бошқармаси бошлиғи Олег Григоров маълум қилди .

Bayden prezidentlik davridagi imzolari uchun tergov qilinadi

АҚШ президенти Доналд Трамп собиқ президент Жо Байденнинг руҳий саломатлиги яширилгани ва автокалам орқали қарорлар имзолангани ҳақида тергов ўтказишни буюрди. Байден эса бу айбловларни рад этиб, барча сиёсий қарорлар шахсан ўзи томонидан қабул қилинганини билдирди.

Isroil 2024 yilda 14 mlrd dollarlik harbiy shartnomalar tuzgan

Ғазодаги урушга халқаро танқидлар кучайиб бораётган бир пайтда, Исроил 2024 йилда тарихдаги энг йирик мудофаа шартномаларини — қарийб 15 млрд долларлик келишувларни имзолади. Келишувларнинг ярмидан кўп қисмини Европа давлатлари ташкил этди.

Hindistonning yetti shtatida kuchli yomg‘ir, suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida 44 kishi halok bo‘ldi

Мамлакатнинг шимоли-шарқида 29-майдан бери ёғингарчилик давом этмоқда.

Tramp Isroilga G‘azodagi genosidni davom ettirish uchun ruxsat berdi(mi)?

АҚШ шу тариқа Ғазода инсониятга қарши содир этилган жиноятларни қўллаб-қувватлашини очиқ тасдиқлаган.

Samarqanddagi transformatorda yong‘in chiqdi

Шунга кўра, 1 та ёнғин қутқарув экипажлари жалб қилиниб, воқеа жойига соат 14:31 етиб бориб, амалий ёрдам кўрсатилди.

Kanada immigrasiya qonunlarini yanada murakkablashtirmoqda

Канада ҳукумати мамлакатда ноқонуний миграция ва жиноят оқимини чеклаш мақсадида янги, қаттиқроқ миграция қонун лойиҳасини тақдим этди. Унга кўра, бошпана сўровлари чекланиши ва миграция аризаларини кўриб чиқиш вақтинча тўхтатилиши мумкин.

Tramp: «Si Jinping bilan kelishuv qilish juda qiyin»

АҚШ ва Хитой савдо бўйича келишувига эришолмаслиги мумкин. Доналд Трамп Си Жинпингни «жуда қаттиқ» ва келишувга бориши қийин етакчи деб атади. Бу айниқса камёб металллар экспортидаги баҳслар фонида содир бўлмоқда.

NATO Yevropa davlatlarini havo mudofaasini besh barobar kuchaytirishga chaqirdi

НАТО Европа мамлакатларини Россия хавфига жавобан қитъадаги ҳаво мудофааси имкониятларини беш баробар оширишга чақирди. Бу ҳақда Bloomberg агентлиги хабар берди.

Hindistonda noma’lum yirtqich hujumi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

NDTV телеканали хабарига кўра, Мадҳя-Прадеш штатида содир бўлган ҳодиса оқибатида ўндан ортиқ киши жароҳат олди, яна 6 киши ҳалок бўлди.

18 yil oldin yo‘qolgan 3 yoshli qizaloq qaytadan qidirilmoqda

Ўша пайтда у уч ёшда эди. Ҳодиса содир бўлган кечаси унинг ота-онаси дўстлари билан кечки овқатда бўлишган, қизалоқ эса меҳмонхона хоналарида уйқуда бўлган. Айни пайтда номаълум шахс уни олиб кетган.

Trampning nabirasiga "kuyov" keldi

"Куёв" кечқурун девордан ошиб ўтган.

Pokistonda zilzila paytida 200 dan ortiq mahkum qamoqxonadan qochib ketdi

Reuters агентлигининг хабар беришича, Покистоннинг Карачи шаҳрида жойлашган Малир қамоқхонасидан камида 216 маҳкум зилзила сабабли эвакуация пайтида қочиб кетган.

Fransiyada erkak masjiddan Qur’on o‘g‘irlab, uni eshik oldida yoqib yubordi

Бу ҳақда 3 июнь куни Рона департаменти масжидлари кенгаши сайтида хабар берилди.

Toshkentda 19 yoshli yigit osilgan holda topildi

Ҳозирда мазкур ҳолат юзасидан Яшнобод тумани прокуратураси томонидан терговга қадар текширув ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Россияда World of Tanks ўйинини яратган компания миллийлаштирилди — ОАВ

Россиянинг энг йирик IТ-ассоциациялари президент Владимир Путинга мурожаат билан чиқиб, бу ҳолат компанияни тортиб олишга уринишга ўхшашини айтган, бироқ бу мурожаат жавобсиз қолган.

Германияда Иккинчи жаҳон уруши даврига тегишли портламаган бомбалар сабабли аҳоли эвакуация қилинмоқда

Deutsche Bahn темирйўл компанияаи поездлар ҳаракатида чекловлар бўлишини эълон қилди. Бу кўплаб минтақавий темирйўл йўналишлари ҳамда халқаро рейсларга таъсир қилади.

Тошкент вилоятида 24 ёшли қиз ўлик ҳолда топилди

2025 йил 10 май куни Қибрай тумани "Ботаника" МФЙ Ботаника Вир кўчаси 65-уйда яшовчи 24 ёшли қиз ўз уйидан номаълум томонга чиқиб кетиб, бедарак йўқолган.

Қрим кўпригида ҳаракат тикланди

Ҳозирча расмийлар Қрим кўпригига шикаст етгани ҳақидаги хабарларга муносабат билдиргани йўқ.

Россия Украинанинг Суми, Одесса, Харков ва Херсон вилоятларига дронлар билан ҳужум қилди

Херсон вилоятида эса бир киши ҳалок бўлган, яна 13 киши яраланган

Нигерияда сув тошқинлари оқибатида 200 дан ортиқ киши ҳалок бўлди

Сув тошқинлари минтақада сўнгги 60 йил ичида содир бўлган энг ёмони деб таърифланган.

Исроил халқаро изолятсияга тушиши мумкин

Бу ҳақда Блоомберг агентлиги хабар бермоқда.

АҚШ қурол захираларини мисли кўрилмаган даражада тўлдирмоқда

Трамп қуролли кучлар захиралари тарихда кузатилмаган даражада тўлдирилаётганини маълум қилди. У бу орқали армияни дунёдаги энг кучли кучга айлантиришни мақсад қилганини таъкидлади.

«Disney» дунё бўйлаб яна юзлаб ходимларини қисқартирмоқда

«Disney» компанияси бутун дунё бўйлаб кино, телевидение ва молия бўлимларида фаолият юритаётган юзлаб ходимларни ишдан бўшатишини эълон қилди. Бу қарор компания харажатларини қисқартириш режасининг давомидир.

Олимлар Россияда чигирткадан тайёрланган ун билан нон ёпишни таклиф қилмоқда

Жанубий Урал давлат университети муҳандислари озиқ-овқат нархлари ошиб бораётган шароитда оқсилли ундан фойдаланиш йўлини кўрсатмоқда.

Франция қамоқхоналарида жой етишмовчилиги хавотирли даражага етди

Франция қамоқхоналаридаги бандлик даражаси 2025 йил май ойи бошида рекорд даражага етди. Мамлакатдаги қамоқхоналарда тақдим этилган жойлар сонига нисбатан маҳкумлар сони кескин ошиб кетди ва тизимдаги муаммолар яна бир бор кўзга ташланди.

Хорижда маъшуқасини қасддан ўлдириб, ертўлага кўмган шахсга суд ҳукми ўқилди

«Тўрт йил давомида Россия Федерациясида ноқонуний равишда яшаб келаётгани машъуқасининг қотилиги айланган М.А.га нисбатан Жиноят ишлари бўйича Вобкент тумани суди ҳукми билан 11 йил қамоқ жазоси қўлланилди. Тайинланган жазони умумий тартибли колонияларда ўташи белгиланди»,-деди Феруз Шаропов.

Халқаро қидирувдаги ўзбекистонлик АҚШдан экстрадиция қилинди

Халқаро қидирувда бўлган Ўзбекистон фуқаросининг АҚШдаги яшаш манзили аниқланиб, Ватанга қайтариб келинди.

Италияда Этна вулқони яна "уйғонди"

Минтақа ҳудудида ҳаво транспорти учун хавфнинг қизил даражаси эълон қилинган. Шу билан бирга, маҳаллий Катания аэропорти штат режимида ишлашда давом этмоқда.

Колорадода Исроил тарафдорларининг тинч намойишига ҳужум уюштирилди

Ҳужумни амалга оширган шахс воқеа жойида қўлга олинди. У Эль-Пасо округида яшовчи Миср фуқароси

Эрон АҚШнинг ядровий таклифига салбий жавоб тайёрламоқда

“Репорт” хабар беришича , бу ҳақда Реутерс агентлиги эронлик дипломатга асосланиб хабар берди.

АҚШга Мексика орқали ноқонуний кирганлар жиноий жавобгарликка тортилади

АҚШ Миграция хизмати 28 май куни мамлакат чегараси ва миграция сиёсатига оид муҳим ўзгаришларни эълон қилди. Янги тартибларга кўра, Мексика орқали АҚШга ноқонуний йўл билан кирган фуқаролар жиноий жавобгарликка тортилади ва депортация қилинади.

Ўзбекистонда Қурбон ҳайити намозини ўқиш вақтлари эълон қилинди

Юртимиздаги жоме масжидларда 2025 йил 6 июнь жума куни Қурбон ҳайити намози ўқилади.

Қашқадарё, Жиззах вилоятлари ва Тошкент шаҳрида қалбаки акциз маркали алкоголь маҳсулотларининг савдоси фош этилди

Мазкур ҳолатлар юзасидан Жиноят кодексининг тегишли моддалари билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Брянск вилоятида поезд ҳалокати туфайли жабрланганлар сони 104 нафарга етди

Брянск вилоятининг (Россия Федерацияси) Вигоничский туманида поезд устига кўприкнинг қулаб тушиши оқибатида жароҳатлаганлар сони 104 нафарга етди, деди вилоят губернатори Александр Богомаз.