Alloh kimni sevadi?

Alloh kimni sevadi?

Alloh taolo O‘ziga qaytgan solih bandasini sevadi. Bu sevgi onaning bolasiga bo‘lgan muhabbatidan ortiq. Habibning mahbubasiga bo‘lgan sevgidan ziyoda. Cho‘ponning yo‘qotib qo‘ygan qo‘yini topib olgan holdagi ishqidan ko‘p.

Bizga O‘z Ruhidan puflagan, farishtalarini bizga sajda qildirgan, biz uchun bor mavjudotlarini bo‘ysundirgan va gunohkorlar uchun mag‘firat xazinalarini lang ochib qo‘ygan Zot qanday bizni sevmasin?!

Balki biz Uning muhabbatini kitoblarda o‘qiganimiz Romeo va Julyetta yoki Qays va Layli muhabbatiga qiyoslagan paytimizda juda ulkan zulmni amalga oshirayotgan bo‘lamiz.

Amallariga mag‘rur bo‘lganlar...

Alloh kimning yo‘lini ochib qo‘yadi?

Balki Uning muhabbatidan mahrum bo‘lishimizga, har qanday muhabbatdan mahrum bo‘lish va har qanday qadrli narsadan mahrum bo‘lish teng kela olmaydi.

Uning bizga g‘azabiga hech qanday g‘azab barobar bo‘lolmaydi.

Biz haqiqatda gunohlarimiz uchun yig‘lashimiz kerak. Qandaydir hijron yoki firoq yoxud o‘lim uchun emas. Allohning qadrini haqiqatda bilganlarning holi shunday bo‘lur.

Ammo bunga qodir bo‘lmaslar.

Mustafo Mahmud, "Maymunlar zamoni" kitobidan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!