Alisher Usmonov eng nufuzli musulmonlar ro‘yxatida nechanchi o‘rinda? (foto)

Alisher Usmonov eng nufuzli musulmonlar ro‘yxatida nechanchi o‘rinda? (foto)

Engil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Rossiyaning eng nufuzli musulmonlari reytingida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

«Biznes Online» tuzib chiqqan reytingdan asli kelib chiqishi o‘zbekiston bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov ham o‘rin olgan. Usmonov oltinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

Mazkur reytingda Rossiya muftiylari kengashi rahbari Ravil Gaynutdin birinchi o‘rindan joy olgan. Undan keyingi pog‘onada Tataristonning birinchi prezidenti Mintimer Shaymiyev turibdi.

Shuningdek, kuchli beshlikka Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov va Checheniston rahbari Ramzan Qodirov kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!