Alisher Qodirov ham Solovyov bayonotlarini tanqid qildi

Alisher Qodirov ham Solovyov bayonotlarini tanqid qildi

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari rossiyalik teleboshlovchining Markaziy Osiyoni Rossiyaning “ta’sir zonasi” sifatida talqin qilgan chiqishlarini keskin tanqid qildi.

Rossiyalik teleboshlovchi Vladimir Solovyov “Solovyov Live” ko‘rsatuvida Armaniston va Markaziy Osiyoni Rossiyaning “ta’sir zonalari” deb atab, ushbu hududlarning “yo‘qolishi” milliy xavfsizlikka tahdid solishini aytgan. U, shu asosda, Rossiya ta’sir doirasida deb hisoblangan boshqa mintaqalarda ham harbiy amaliyotlar o‘tkazilishi mumkinligini istisno etmagan.

Mazkur bayonotlar ijtimoiy tarmoqlarda keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ularga munosabat bildirgan “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov rus shovinistik chiqishlar yangilik emasligini, bunday provokasiyalarga sovuqqonlik bilan yondashish lozimligini ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya OAVlaridagi bunday da’vatlar ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik ruhiga zid bo‘lib, munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Qodirov Markaziy Osiyo xavfsizlik va barqarorlik hududi ekanini, qondosh davlatlar har qanday tajovuzga birgalikda javob berishga qodirligini qayd etdi

“Solovyovning samarasiz chiqishlari uning ojizligi va zaifligidan dalolat beradi, xolos”, — deya xulosa qildi Alisher Qodirov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

💴 Adliya vazirligi O‘zbekistondagi pensiya va nafaqalar miqdorini eslatdi

Пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори эса 504 минг сўмни ташкил этмоқда

Farg‘onada ko‘p qavatli uy "podvalida" akula boqilayotgani aniqlandi

Бундан ташқари, ичимлик сувидан ўзбошимчалик билан фойдаланилгани ҳолати бўйича ҳам тегишли баённома расмийлаштирилган.