Aliment to‘lovchi xorijga ishlash uchun chiqishi mumkinmi?

A A A
Aliment to‘lovchi xorijga ishlash uchun chiqishi mumkinmi?


— O‘g‘lim bir farzandi bilan turmushidan ajrashgan, nabiramga aliment to‘laydi. Ikkinchi turmushidan ham ikki nafar bolasi bor. Hech joyda ishlamaydi, nomida ham hech narsa yo‘q. To‘g‘risi, moddiy tomonlama juda qiynalyapmiz. Shu sabab Rossiyaga ishlash uchun ketmoqchi. Uyimizni garovga qo‘yib, ketishi mumkinmi? Chunki alimentni oldindan naqd pul shaklida to‘lashga imkoniyatimiz yo‘q. Asli nimalarni aliment o‘rniga garovga qo‘ysa bo‘ladi? O‘g‘limning vaziyatida xorijga ishlash uchun chiqishi mumkinmi?
Ismi sir tutildi

Axror Sulaymonov, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi raisi:
— Murojaatda qayd etilgan masalalar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 oktyabrdagi 808-sonli “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek, aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Qaroriga Ilova “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan tartibga solinadi.
Mazkur Nizomga asosan, qarzdor moddiy tomonlama qiynalgan va alimentni oldindan naqd pul shaklida bir yo‘la to‘lashga imkoniyati yo‘q bo‘lsa va shu sababli chet davlatga ishlash uchun ketmoqchi bo‘lsa, u o‘z uy-joyini garovga qo‘yish huquqiga ega.
Davlat ijrochisi ish yurituvida bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha alimentlarni oldindan to‘lash yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlashda garov taqdim etish uchun qarorlarni ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish fuqarolik prosessual qonunchiligida belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
Qarzdor tomonidan undiruvchiga alimentlarni oldindan to‘lash hisobiga ko‘chmas yoki ko‘char mulk yoxud boshqa qimmatli ashyo taqdim etilishi mumkin. Masalan: uy-joy, avtomashina, qimmatli qog‘ozlar, noyob buyumlar va h.k.
Alimentlar to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov taqdim etish faqat qarzdorning aliment to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lmaganda amalga oshiriladi. Ya’ni, qarzdorning aliment bo‘yicha qarzdorligi bo‘lmasligi kerak.
Aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasining tuzilishi alimentlarni to‘lamaganlik uchun qonun bilan belgilangan ma’muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Alimentlarni oldindan to‘lash yoki aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garov shartnomasining tuzilishi davlat ijrochisi yoki sud tomonidan qarzdor jismoniy shaxsning ilgari belgilangan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni olib tashlash uchun asos hisoblanadi. Bunday holatda, qarzdor undiruvchi bilan garov shartnomasini tuzgandan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni olib tashlash haqidagi ariza bilan kim tomonidan taqiq qo‘yilganligidan kelib chiqib, davlat ijrochisi yoki sudga murojaat qilishi lozim.
Aliment to‘lash majburiyatini garov bilan ta’minlashda garov qiymati qonunchilikda belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz ellik baravaridan kam bo‘lmasligi lozim.
Garov predmeti qiymati taraflar kelishuviga binoan aniqlanadi.
Taraflar kelishuviga asosan garov predmeti qiymatini baholash tegishli baholash tashkiloti tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash uchun garovga qo‘yilgan mol-mulkning, qayta garovga qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, mazkur masala garov shartnomasida aks ettiriladi.
Agar aliment to‘lovchi (qarzdor) chetga chiqib ishlayotgan bo‘lsa, aliment miqdori uning chet elda olayotgan daromadi miqdoridan belgilanadi.
Nizomning 24-bandiga muvofiq, davlat ijrochisi alimentlarni muayyan davr uchun oldindan to‘lash yo‘li bilan ijro hujjatini ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish to‘g‘risidagi ajrimni qabul qilib olganda, shuningdek, mazkur ajrimda ko‘rsatilgan alimentlar summasi to‘liq to‘langandan so‘ng, qarzdor va uning mol-mulkiga belgilangan barcha cheklovlarni, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni bekor qiladi.
Alimentlarni oldindan to‘lash uchun undiruvchiga muayyan mol-mulkni o‘tkazib berish yo‘li bilan qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish faqat mol-mulkni topshirish va qabul qilish dalolatnomasiga asosan, shuningdek:
• ko‘chmas mulkni o‘tkazishda — mulkka bo‘lgan egalik huquqi undiruvchi nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjat nusxasiga;

• avtotransport vositasi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi (hisobga turishi) lozim bo‘lgan boshqa mulklarni o‘tkazishda — avtotransport vositasi yoki boshqa mulkni undiruvchi nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tganligi (hisobga turganligi) to‘g‘risidagi hujjat nusxasiga;
• qimmatli qog‘ozlar o‘tkazishda — qimmatli qog‘ozlar undiruvchi nomiga ro‘yxatdan (hisobiga) o‘tganligi to‘g‘risidagi hujjatga asosan amalga oshiriladi.
Agar qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash sud hujjatiga asosan qo‘yilgan bo‘lsa, cheklashni bekor qilish sud tomonidan amalga oshiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

1 iyundan tariflar oshadi: oldindan to‘lov qilganlar 2 oy eski narxda to‘laydi

Табиий газнинг базавий нархи эса 1 куб метр учун 2 минг сўм этиб белгиланди.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Kannavaro Husanovdan boshqacha o‘ynashni talab qildi!

2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этадиган Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро мундиал олдидан ютубдаги Markaziy Sektor каналининг махсус сони учун интервью берди.

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

Ўзгидромет хабарига кўра, ёзнинг биринчи ойида ўртача кунлик ҳарорат +31°…+36° гача кўтарилади

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

Ўзбекистон миллий жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро «Марказий сектор» лойиҳасига берган интервюсида таркибдаги энг катта йўқотиш ҳақида гапирди.

Netanyaxu Quddusdagi shifoxonaga yotqizildi

Исроил бош вазири кеча тунда Қуддусдаги “Хадасса Эйн-Карим” шифохонасига стоматологик муолажа учун ётқизилди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

Boks. Murodjon Ahmadaliyevning venesuelalik raqibiga qarshi jangi to‘rtinchi raundda yakunlandi

Тошкент шаҳрида йирик профессионал бокс оқшоми ўз ниҳоясига етди.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Olimlar xavotirda: Yer sekinlashmoqda

Ер сайёраси сўнгги 3,6 миллион йил ичида кузатилмаган даражада секинлашмоқда, деб хабар берди "BBC Science Focus".

Gvardiolaning “Manchester Siti”ni tark etishiga nima sabab bo‘lganini aytildi

“Манчестер Сити” клуби ярим ҳимоячиси Тижани Рейндерс жамоа бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг кутилмаганда истеъфога чиққани ва бу қарорнинг ортида турган асл сабаблар ҳақида гапирди.

"Kiyevga o‘lim hukmi chiqarildi"mi?

АҚШ Денгиз пиёдалари корпусининг собиқ разведка офицери ва ҳарбий таҳлилчи Скотт Риттернинг айтишича, Старобельскда содир этилган терактдан сўнг Владимир Зеленский ва Киев режимига мансуб бошқа амалдорлар учун жиддий хавф юзага келган.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.

Жанубий Америка қирғоқлари яқинидаги кемаларга АҚШ томонидан берилган ҳаво зарбалари натижасида 202 киши ҳалок бўлган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.

Livan Isroil siyosatiga nisbatan keskin bayonot berdi

Ливан ҳукумати мамлакат жанубида кенг кўламли вайронагарчилик ва гуманитар инқирозга сабаб бўлган Исроил томонидан амалга оширилаётган ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш лозимлигини билдирди.

"Chegara bilmas shifokorlar": "Ebola virusi tobora xavfli tus olmoqda"

“Эбола иситмаси ўчоғи Итури провинциясида аниқлангани расман эълон қилинганига икки ҳафта бўлганига қарамай, вазият ҳанузгача ўта ташвишли бўлиб қолмоқда ва маҳаллий аҳоли ҳамда олдинги сафда фаолият юритаётган тиббиёт ходимлари учун жиддий хавотир манбаи ҳисобланади”, — дейилади ташкилотнинг расмий сайтида эълон қилинган баёнотда.

Murodjon Ahmadaliyevning raqibi rostdan ham "podarka"midi?

Хабарингиз бор, ҳамюртимиз Муроджон Аҳмадалиев навбатдаги жангини венесуэлалик Эгли Москедага қарши ўтказиб, нокаут эвазига ғалаба қозонди. Ижтимоий тармоқларда эса Москеда кучсиз, ҳеч ким танимайдиган боксчи эканлиги ҳақида турли "комментлар" тарқалди.

Suv nasosi ichiga yashirilgan narkotik modda fosh etildi

Аниқланишича, у интернет наркодўконда “омборчи” вазифасида ишлаган

"Dunyo haqiqatni bilishi kerak "

Россия ТИВ вакили терракт жойига келган хорижий журналистларнинг фикрларини ҳам келтирди

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга кўра, ёнғин соат 00:58 да қуршаб олинган ва соат 01:31 да ўчирилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.