Alibaba AQSh va Gonkongni ustav kapitalidagi ishtiroki haqida xabardor qildi

Alibaba AQSh va Gonkongni ustav kapitalidagi ishtiroki haqida xabardor qildi

O‘tgan hafta oxirida Xitoyning Alibaba onlayn-riteyleri AQSh va Gonkongdagi birja regulyatorlarini Xitoy davlatining 12 ta bo‘linmasining ustav kapitalidagi ishtiroki haqida xabardor qildi. Bu ma’lumotlarning oshkor etilishi AQSh Qimmatli qog‘ozlar va birjalar komissiyasi (SEC) so‘rovidan so‘ng amalga oshirildi, deb xabar beradi Bloomberg.

Xitoy hukumati bilan bog‘liq kompaniyalar Alibaba'ning oltita to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuv bo‘linmalarida ulushlarga ega bo‘lib, ular birgalikda kompaniyaning 2022-2023-moliyaviy yillardagi umumiy daromadining taxminan 6 foizini tashkil qiladi. Alibaba xabarnomalarida aytilishicha, 6 holatdan 5 tasida davlat ulushlari 10% dan, oltinchisida esa 30% dan oshmaydi.

Bir necha kun oldin Xitoy Kommunistik partiyasi mamlakat texnologiya sanoati, jumladan, korporativ sektor ustidan nazoratni kuchaytirish rejalarini e’lon qilgan edi. Bloomberg ekspertlarining fikricha, bunday bayonotlar investorlarning xitoylik texnologik kompaniyalarga nisbatan xavotirlarini kuchaytirishi va xorijiy tartibga soluvchilarning e’tiborini ularga qaratishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!