Al-Shifa kasalxonasi direktori 54 nafar reanimasiyadagi bemorning o‘limi haqida ma’lum qildi

Al-Shifa kasalxonasi direktori 54 nafar reanimasiyadagi bemorning o‘limi haqida ma’lum qildi

G‘azo sektoridagi Al-Shifa kasalxonasi direktori Muhammad Abu Silmiyaning aytishicha, reanimasiya bo‘limida yotgan 54 nafar bemor tibbiyot majmuasini Isroil tomonidan qamal qilgani sababli vafot etgan. Bu haqda Sky News Arabia nashri xabar bermoqda.

Muhammad Abu Silmiyaning xabar berishicha, Isroil qamal boshlangandan beri 54 kishi reanimasiyada vafot etgan. U, shuningdek, hozir og‘ir ahvolda bo‘lganlar ham halok bo‘lishidan qo‘rqishini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shifoxona bir vaqtning o‘zida qabriston, qamoqxona va Isroil kazarmasiga aylangan. Bir haftadan ortiq davom etayotgan tibbiyot majmuasi blokadasi tufayli shifoxonada suv, kislorod va bemorlarni davolash imkoniyati yo‘q.

Erta tug‘ilgan chaqaloqlar haqida Abu Silmiya: "Agar bolalar davolanmasa va tibbiy yordam ko‘rsatilmasa, ular birin-ketin vafot etadilar", dedi.

Avvalroq Al Hadath telekanali isroillik harbiylar hech kimga tibbiyot muassasasi binosi va unga tutash binolarni tark etishga ruxsat bermayotgani haqida xabar bergan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!