Aktrisa Luiza Rasulovaning ishonchiga kirib uni aldagan yigit qamoqqa olindi

Aktrisa Luiza Rasulovaning ishonchiga kirib uni aldagan yigit qamoqqa olindi

Luiza Rasulova aldangani ortidan Ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qilgan.

“Jahon.uz” manbasining xabariga ko‘ra, aktrisa Luiza Rasulovaning arizasiga binoan Chilonzor tuman IIO FMB tomonidan Elshod. B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining “b” bandi bilan № 1-1006-1901/522-sonli jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Elshod qo‘shiqchi Rayhonning uyiga ham o‘zi mebel yasab berganligini aytib, Luiza Rasulova(Luiza Rasulovaga ko‘ra, tanishi Asror Allanurov Asror orqali  Elshod bilan tanishgan)ni ishontirgan va unga xam oshxona mebellari yasab berishga kelishgan.

“Mebel Galery” MCHJ (mebel yasash korxonasi) rahbari bo‘lgan Elshod aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan Luiza Rasulovani aldab, unga Toshkent shahar, Chilonzor tumani 6-dahadasigi xonadoniga mebellar yasab berish sharti bilan uch ming AQSh dollarini olib, pullarni o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

Ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chora sifatida qamoqqa olish qo‘llangan bo‘lib, bir-biridan xolis ikki manbaning aytishicha Elshod sal avvalroq ham firibgarlik jinoyati bilan ayblangan bo‘lgan.

Hozirda tergov harakatlari tugab, ish sudda Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudi rahbari Ilgizar Sobirov raisligida ko‘rilayotgani ma’lum bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!