AirPON texnologiyasi haqida nimalarni bilasiz?

AirPON texnologiyasi haqida nimalarni bilasiz?

Bugungi kunda telekommunikasiya infratuzilmasini modernizasiya qilish va kengaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijasida telekommunikasiya xizmatlarining sifatini yaxshilash va turlarini oshirish, qamrovini kengaytirish imkonini beruvchi zamonaviy va ilg‘or texnologiyalar yaratib kelinmoqda. An’anaviy FTTH texnologiyasi asosida tarmoqni qurishda kabel o‘tish yo‘llarini tanlash, xandaq qazish va kabelni yotqizish hamda tolani montaj qilish kabi qiyinchiliklarning mavjudligi tarmoqni qurish muddatining uzayishiga, loyiha qiymatining oshishiga va samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda. Shu sababli optik tarmoqlarni qurishda asosiy masala ushbu tarmoqni qanday qilib samarali tashkil etish kerakligi bilan bog‘liq muammolarni o‘z ichiga oladi. Yuqoridagi kabi qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida «Huawei» Co.Ltd. kompaniyasi aloqa operatorlarga simsim tarmoq orqali simli FTTH texnologiyasini qurish imkonini beruvchi o‘zining kompleks yechimga ega bo‘lgan AirPON (Air Passive Optical Network - simsiz passiv optik tarmoq) texnologiyasini ishlab chiqdi.

Ushbu texnologiya aloqa operatorlarga telekommunikasiya tarmog‘ini qurishda tarmoqni aniq rejalashtirish, tezkor qurish, xizmatlarni tezkor taqdim etish kabi imkoniyatlar bilan bir qatorda intellektual foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishga yordam berdi. Bu esa o‘z navbatida tarmoqni qurish, foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatishdagi harajatlarini sezilarli darajada kamaytirish imkonini yaratdi.

Mamlakatimizda bugungi kunda «O‘zbektelekom» Aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan aholiga sifatli telekommunikasiya xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyatida 1024, Jizzax viloyatida 768, Samarqand viloyatida 1280, Surxondaryo viloyatida 2560, Qashqadaryo viloyatida 3072, Toshkent viloyatida 3072 va Farg‘ona viloyatida 512, jami 12 288 nafar abonentga mo‘ljallangan AirPON qurilmalari o‘rnatilib ishga tushirilganligi, shuningdek AirPON texnologiyasidan foydalanishni yanada kengaytirish maqsadida respublika bo‘ylab yana 76 800 nafar abonentga mo‘ljallangan zamonaviy qurilma o‘rnatilishi rejalashtirilganligi ma’lum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!