Air France aviakompaniyasi Niger, Burkina-Faso va Maliga parvozlarni to‘xtatdi

Air France aviakompaniyasi Niger, Burkina-Faso va Maliga parvozlarni to‘xtatdi

Fransiyaning Air France milliy aviakompaniyasi Niger (Niamey), Burkina-Faso (Uagadugu) va Mali (Bamako) poytaxtlariga parvozlarni to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda BFMTV telekanali aviakompaniya vakillariga tayanib xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Niameyga parvozlar keyingi ogohlantirishgacha to‘xtatilgan, Uagadugu va Bamakoga parvozlar esa 11 avgustgacha bekor qilingan.

Aviakompaniya, shuningdek, Niger ustidagi havo hududi yopilganligi sababli parvoz rejalarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘lganiga aniqlik kiritdi, bu esa Afrikaning bir qancha mamlakatlariga parvozlar davomiyligini 15 daqiqadan ikki soatgacha oshiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!