Agar Rossiya tinchlikdan manfaatdor bo‘lganida, urush bo‘lmas edi — Ukraina prezidenti

Agar Rossiya tinchlikdan manfaatdor bo‘lganida, urush bo‘lmas edi — Ukraina prezidenti

Vladimir Zelenskiy bu haqda Shveysariyadagi tinchlik sammitining yalpi majlisidagi nutqida aytib o‘tdi.

"Konferensiyaga yig‘ilganlar adolatli tinchlik nimani anglatishini va unga qanday erishish mumkinligini hal qilishi kerak. Ushbu sammitda ishlab chiqilgan reja Rossiya vakillariga topshiriladi. Keyingi sammitda urushning tugashini qayd etish mumkin bo‘ladi", — deya ta’kidladi Ukraina rahbari.

Qayd etish joizki, delegatlar joriy anjumanda 3 ta asosiy masalani ko‘rib chiqadilar: radiasiyaviy va yadroviy xavfsizlik, oziq-ovqat xavfsizligi, mahbuslar va deportasiya qilingan ukrainaliklarni ozod qilish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!