Afsus! Toshkentda karantinga to‘liq rioya qilinmayapti. Nega?

Afsus! Toshkentda karantinga to‘liq rioya qilinmayapti. Nega?

Afsuski, ba’zi bir yurtdoshlarimiz tomonidan karantin choralarining yumshatilgani sabab beparvolik holatlari kuzatilmoqda.  Jumladan, jamoat joylarida tibbiy niqoblarni taqmaslik va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sanitariya talablariga rioya qilmaslik holatlari uchramoqda.  

Masalan, Toshkentda 21 may kuni 470 ta savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarini tekshirish vaqtida 63 ta qoidabuzarliklar aniqlandi, 22-may kuni tekshirilgan 544 ta ob’ektdan 74 tasida qoidaga amal qilmaslik holati qayd etilgan.

Bundan tashqari, 21 may kuni 132 ta holatda  tibbiy niqobsiz ko‘chaga chiqish va 22 mayda ham tibbiy niqobni taqmagan 110 kishi aniqlandi. Shu ikki kun ichida patrul xizmati xodimlari jamoat joylarida tibbiy niqoblarsiz bo‘lgan 187 kishini aniqladilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!