Afrikada vaksina o‘rniga suv bilan emlashgan

Afrikada vaksina o‘rniga suv bilan emlashgan

Keniyadagi shifokorlar mahalliy aholiga koronavirusga qarshi emlash o‘rniga suv yuborib, buning uchun pul talab qilishdi.

Aniqlik kiritilishicha, Afrika mamlakati aholisi shved-britaniyalik AstraZeneca kompaniyasining vaksinasi bilan bepul emlash huquqiga ega. Emlashlar hukumat tomonidan akkreditasiyadan o‘tgan maxsus tibbiyot markazlarida o‘tkaziladi. Ammo, dori tanqisligi fonida ba’zi shifokorlar keniyaliklarga pulga emlashni taklif qila boshladilar, keyin esa uning o‘rniga suv yuborishgan.

Sog‘liqni saqlash vaziri fuqarolarni emlash uchun pul to‘lamaslikka va bepul dori vositasini kutishga chaqirdi. Rasmiyning so‘zlariga ko‘ra, rasmiylar allaqachon bunday firibgarlik holatlarini tekshirishni boshlagan va jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!