Afg‘onistonda noma’lum shaxslar Xukamxon Habibini o‘g‘irlab ketdi

Afg‘onistonda noma’lum shaxslar  Xukamxon Habibini o‘g‘irlab ketdi

Ma’lum bo‘lishicha, jinoyatchilar hokimni yarador qilgan va o‘g‘irlab ketgan. Sobiq hokimning so‘zlariga ko‘ra, tashqi ko‘rinishi «Tolibon» harakati a’zolariga o‘xshash bo‘lgan olti yoki yetti kishi harakat bayroqlari o‘rnatilgan mashinalarda Kobulga kelgan. Ular Habibini masjiddan chiqib ketayotganda qo‘lga olgan.

Habibining so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilar uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan, biroq mahalliy aholi o‘g‘rilik haqida rasmiylarga o‘z vaqtida xabar bergan. Aytilishicha, ularning «Tolibon» harakatiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan. Qayd etilishicha, ikki tomon o‘rtasidagi ziddiyat qasos olish bilan bog‘liq bo‘lgan. Sobiq hokim «Tolibon» harakatiga o‘z vaqtida qilingan choralar uchun minnatdorchilik bildirgan.

https://ria.ru/20210913/afganistan-1749894212.html


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!