Afg‘oniston AQShni Doha kelishuvini buzganlikda ayblamoqda

Afg‘oniston AQShni Doha kelishuvini buzganlikda ayblamoqda

Afg‘oniston AQSh Qatarda imzolangan Doha kelishuvini buzganini aytdi.

Hukumat matbuot kotibi Mavlaviy Zabihulloh Mujohidning aytishicha, AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlar olib chiqib ketilgandan keyin hukumat bilan hamkorlik qilishga va qora ro‘yxatlardan chiqarishga, hamda turli to‘siqlar yaratmaslikka va’da bergan.

Biroq, deydi u, AQSh hozir Afg‘oniston hukumatini tan olinishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun boshqa davlatlarga bosim o‘tkazmoqda. Mujohidning ta’kidlashicha, Afg‘oniston iqtisod, savdo va xavfsizlik sohalarida muvaffaqiyatga erishgan, biroq xalqaro hamjamiyat afğon mablag‘larini muzlatib qo‘yishda davom etmoqda. AQSh Afg‘onistonga BMTdan joy olishga to‘sqinlik qilmoqda, bu esa taraqqiyotni sekinlashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!