Abramovich sanksiyalar tufayli Buyuk Britaniyadagi aktivlarini sotolmaydi

Abramovich sanksiyalar tufayli Buyuk Britaniyadagi aktivlarini sotolmaydi

Rossiyalik biznesmen Roman Abramovich sanksiyalar tufayli Buyuk Britaniyadagi o‘z mol-mulkini sotolmaydi, deb yozadi Bloomberg.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, uning Britaniya banklaridagi hisoblari ham muzlatilgan.

Tadbirkor Londonning "Chelsi waterfront" turar-joy majmuasida Kensington va pentxaus hududida uyni sotish imkoniga ega emas. Bundan tashqari, Evraz kon-metallurgiya kompaniyasida o‘z ulushini (28,64%) sotolmaydi. Abramovichni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandan so‘ng, kompaniyaning London fond birjasidagi ulushi 87% ga kamayib ketdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!