Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston OTJ safiga qachon borib qo‘shiladi?

Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston OTJ safiga qachon borib qo‘shiladi?

Xabaringiz bor, ayni damda Qatarda 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Osiyo kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Vakillarimiz hozircha musoba guruh bosqich doirasidagi birinchi o‘yinni o‘tkazdi.

Musobaqa starti uchun berilgan yakuniy qaydnomaga Abbosbek Fayzullayev, Umarali Rahmonaliyev, Hojimat Erkinov, Abduqodir Husanov hamda Ibrohimhalil Yo‘ldoshev kabi xorijda to‘p tepayotgan legionerlairimiz kiritildi.

Qozonning "Rubin" klubida harakat qilayotgan Umarali Rahmonaliyev Toshkentdagi yig‘indan boshlab, termamiz tarkibida. "Qayrat" klubi a’zosiga aylangan Yo‘ldoshev ham Qatarga yetib borgan, xatto Malayziyaga qarshi uchrashuvda maydonga ham tushdi.

O‘FA 16 mart kuni Xojimat Erkinovning Osiyo kubogida ishtirok etishi borasida kelishuvga erishgani va futbolchimiz yaqin vaqt ichida terma jamoa ixtiyoriga yetib kelishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.

"Lans" himoyachisi Abduqodir Husanov ham ertaga bo‘lib o‘tadigan "Klermon"ga qarshi bellashuv qaydnomasiga kiritildi. Husanov ham katta ehtimol bilan pley-off bosqichidan avval Qatarga boradi.

Shuningdek, Moskvaning SSKA klubida harakat qilayotgan Abbosbek Fayzullayev ham bizga pley-off bosqichida yordam beradi.

25 aprel kuni "VEB Arena"da SSKA va "Spartak" o‘rtasidagi poytaxt derbisi bo‘lib o‘tadi. Ushba bellashuvdan keyin "armiyachilar" Abbosga ruxsat berishadi.

O‘zbekiston OTJ esa chorak finaldagi o‘yinini 26 aprelda o‘tkazadi. Abbos bu bahsda bizga yordam bera oladimi, Endi, bu murabbiylarning qaroriga bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!