93 ayolni o‘ldirgan qotil o‘z qilmishini tan oldi

93 ayolni o‘ldirgan qotil o‘z qilmishini tan oldi

AQSh Federal qidiruv byurosi Samyuel Littleni mamlakat tarixidagi eng katta seriali qotil sifatida qayd etdi. U 93 ta qotillikni amalga oshirganini tan olgan.

Umrbod qamoq jazosi berildi

Federal qidiruv byurosining xabariga ko‘ra, qotillik uchun Samyuel Littlega umrbod qamoq jazosi berilgan. 

Qotil qamoqda jazo muddatini o‘tash vaqtida 1970-2005 yillarda 93 ta ayolni o‘ldirganini tan oldi. Polisiya allaqachon Littlening 50 ta jinoyatini tekshirib, qotil tomonidan amalga oshirilganini isbotladi. Manbada yozilishicha, qurbonlar giyohvand moddalarning miqdori oshib ketganligidan, zo‘ravonlikdan, noaniq sabablardan yoki tasodif holatlardan o‘lgan. Ba’zi jasadlar topilmagan.

Qidiruv byurosi fuqrolardan yordam so‘ramoqda

FQB tasdiqlanmagan ma’lumotlarni aniqlashtirish maqsadida AQSh fuqarolaridan Samyuel Littlening jinoyatlarini tergov qilishga yordam beradigan har qanday ma’lumotlarni berishni so‘radi.

Asosiy qubonlar – yengil tabiatli ayollar va giyohvandlar

Qayd etish lozim, Samyuel Little Kentukki shtatida giyohvand moddalar bilan bog‘liq ish yuzasidan 2012 yilda hibsga olingandi. O‘tkazilgan DNK natijalariga ko‘ra, u 3 ta qotillikka aloqadorligi tasdiqlangan. Shundan so‘ng, u umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Qamoqdaligida u yana qilingan 90 ta qotillik uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. Uning asosiy qurbonlari asosan yengil tabiatli ayollar va giyohvandlar bo‘lgan.   


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar


Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi, va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!