92 nafar yo‘lovchiga 156 million so‘mdan ortiq aviachiptalar puli undirib berildi

92 nafar yo‘lovchiga 156 million so‘mdan ortiq aviachiptalar puli undirib berildi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi iste’molchilar foydasiga 156 million so‘mdan ortiq aviachiptalar pulini undirib berdi. 

Dunyoning boshqa mamlakatlari qatori yurtimizga ham «COVID-19» infeksiyasi kirib kelishi oqibatida 2020 yilning 16 martidan barcha yo‘nalishdagi aviaqatnovlar vaqtinchalik cheklangan edi. Parvozlar qoldirilishi oqibatida yo‘lovchilar to‘lagan mablag‘larini qaytarib berishlarini so‘rab o‘zlari aviachipta xarid qilgan shoxobchalarga murojaat qila boshlagan. Ammo ko‘p hollarda iste’molchilarning murojaatlariga asossiz bahonalar keltirilib, qator tushunmovchiliklar yuzaga kela boshladi.

Qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida iste’molchilar yordam so‘rab, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasiga murojaat qila boshlashdi. 

Jumladan, birgina Buxoro viloyatini olaylik. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federasiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasiga o‘tgan yil davomida aviachiptalar bilan bog‘liq, yozma va og‘zaki shaklda 92 nafar murojaat kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlar ijobiy hal etilishi natijasida iste’molchilarga 156.019.581 so‘m qaytarib olib berildi.                                                                      

Hurmatli iste’molchilar, agar sizda ham aviachiptalar bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga yoki @PotrebitelUz_bot ga murojaat qiling!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!