9 oydan so‘ng: birinchi Kiyev-Xerson yo‘lovchi poyezdi yo‘lga chiqdi

9 oydan so‘ng: birinchi Kiyev-Xerson yo‘lovchi poyezdi yo‘lga chiqdi

Poyezdga 200 ga yaqin yo‘lovchi chipta sotib olgan.

Salkam 9 oy o‘tgach, birinchi yo‘lovchi poyezdi Kiyevdan (o‘tgan hafta rus qo‘shinlari olib chiqib ketilganidan keyin) Ukraina armiyasi nazoratiga o‘tgan Xerson shahriga yo‘l oldi.

Reys Kiyev poytaxti temir yo‘l stansiyasidan soat 22:14 da jo‘nab ketgan va bugun, 19 noyabr kuni soat 09:00 da Xersonga yetib keladi.

Kiyev stansiyasida bo‘lib o‘tgan Xersonga poyezdning jo‘nash marosimida Ukrainaga rasmiy tashrif buyurgan Ukraina infratuzilmasi vaziri Aleksandr Kubrakov, Ukraina bosh vaziri o‘rinbosari Irina Vereshchuk va Yevropa komissiyasining vise-prezidenti Valdis Dombrovskis ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!