"83 marta qo‘ng‘iroq qilib, tusholmadim": 11-97 doim band, ammo...

"83 marta qo‘ng‘iroq qilib, tusholmadim": 11-97 doim band, ammo...

Ayni damda karantin munosabati bilan ishsiz, daromadsiz qolgan aholiga xayriya yordami berilmoqda. Bir martalik naqd pul tarqatilmoqda. Xayriya mablag‘larini nazorat qilish, fuqarolarning murojaatlarini tinglash uchun esa 11-97 qisqa raqamlari yo‘lga qo‘yilgan. Ammo...

"Aniq.uz"ga yana shikoyat kelib tushdi. Fuqaro o‘z murojaatida yordamga muhtoj ekanligi, bolalariga non olib berish uchun puli ham qolmaganini yozadi. Shuning uchun 11-97ga qo‘ng‘iroq qilgan, ammo 83 marta (!) qo‘ng‘iroq qilib ham tusha olmagan.

Ikki kundan beri qo‘ng‘iroq qilaman. Ertalabdan 83 marta qo‘ng‘iroq qildim, shundan 5tasida 20 daqiqadan poyladim-da, har safar 9, 5, 4, 18-navbatdasiz, deb uzib qo‘yilmoqda. Nima qilay?", deya yozadi fuqaro.

To‘g‘ri, ayni damda moddiy yordamga muhtoj fuqarolar juda ko‘p va 11-97 raqami band bo‘lishi tabiiy. Ammo bosim katta bo‘lishini inobatga olib, birgina raqam bilan hamma fuqaroning shikoyatini tinglab bo‘lmasligini ongli tarzda anglab (buni anglash uchun katta aql kerak emas), samaraliroq chorani ko‘rgan ma’qul emasmikin? Axir hozirgi sharoitda fuqaro nonga muhtoj bo‘la turib, buni kerakli joylarga bildira olmasa, bu achinarli holat emasmi? Birgina shu fuqaro tusha olmagandir-da, deyishga asos yo‘q, chunki o‘zim ham 11-97ga nechchi marta qo‘ng‘iroq qilib, bog‘lana olmadim.

Shu qiynalgan fuqarolar nomidan iltimos, qiynalayotgan odamlarning muammosini hal qilishga jiddiy yondashaylik, jumladan bizga shikoyat yo‘llagan fuqaroning ham.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!