7 yil, garov va kafil yo‘q: to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim krediti shartlari o‘zgaradi
“Oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–5203-son, 30.07.2021 y.) qabul qilindi.
✅ Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklida hamda magistratura bosqichida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish uchun ta’lim krediti ajratishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
🔰 Bunda:
➖ tijorat banklari ta’lim kreditlarini Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratadi;
➖ ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi;
➖ ta’lim kreditini rasmiylashtirishda va uning qaytarilishida talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari birgalikda qarz oluvchi sifatida qatnashishiga ruxsat etiladi;
🚫 “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalar farzandlaridan ta’lim krediti uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.
➡️ Qarorga muvofiq, Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tashkil etildi.
💰 Jamg‘armaga 2021 yilda kamida 1 trillion so‘m, keyingi yillarda haqiqiy talabdan kelib chiqib mablag‘lar ajratiladi.