7-oktabrdan beri G‘azoda 115 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘ldi

7-oktabrdan beri G‘azoda 115 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektoriga 2023 yil 7-oktabrdan beri davom etgan zarbalari natijasida 115 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq halok bo‘ldi.

Bu ma’lumotlarni G‘azo sektoridagi Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi keltirmoqda.

Isroil armiyasi eksklavdagi tinch aholiga qarata hujumlar uyushtirishda davom etmoqda.

Bir kun avval falastinlik Kumane Orif va uning 4 kunlik egizaklari Aysel va Aser anklavning markaziy qismidagi Dayr al-Bala shahridagi uyni Isroil tomonidan o‘qqa tutishi qurboni bo‘ldi.

Oila boshlig‘i Muhammad al-Kumsan chaqaloqlarning o‘limi haqidagi xabarni ularning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalarini olishga borganida olgan.

Isroilning G‘azodagi agressiyasi qurbonlari soni allaqachon 39 929 kishiga yetgan. Ularning 16 314 nafari bolalar, 10 980 nafari ayollardir. Anklavning 92 240 nafar aholisi jarohatlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!