38 yoshli Modrich "Real"da qolishga tayyor

38 yoshli Modrich "Real"da qolishga tayyor

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich yaqin kelajakdagi rejalarini qayta ko‘rib chiqdi.

Xorvatiyalik faxriy jamoani tark etishga moyil edi, chunki u asosiy tarkibda doimiy o‘rinni yo‘qotganidan norozi edi, biroq yaqinda ispan OAVlari yarim himoyachi shartnomasini uzaytirishga va "Real"da yana bir mavsum o‘tkazishga tayyorligini xabar qilishdi. "Marca" xabariga ko‘ra, Gap shundaki, Luka vaziyatga o‘z nuqtai nazarini qayta ko‘rib chiqdi: u jamoa uchun muhim bo‘lib qolish uchun har bir o‘yinda o‘ynash umuman shart emasligini tushundi. 38 yoshli futbolchi yana o‘zini foydali his qilmoqda va "Real Madrid" rahbariyatidan qaror kutmoqda.

Ayni damda "Qirollik klubi" Modrich bilan muzokaralar olib bormayapti, biroq tez orada muhokamalar boshlanishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!