3 milliard funt sterlingga tushgan va 14 ta futbol maydoniga teng bo‘lgan dunyodagi eng katta sun’iy orolda qurilgan aeroport

Ajoyib inshoot 7,7 kvadrat milya (20 kvadrat kilometr) maydonni egallaydi va to‘rtta uchish-qo‘nish yo‘lagiga ega bo‘ladi.
Xitoy yangi yirik sayohat markazini yaratish uchun Jinjou ko‘rfazidagi qayta tiklangan yerlarda ajoyib yangi aEroport quryapti.
Dalian Jinzhouwan xalqaro aEroporti 7,7 kvadrat milyalik (20 kvadrat kilometrlik) orolni egallaydi, to‘rtta uchish-qo‘nish yo‘lagi va 90 000 kvadrat metrlik (22 akr) yo‘lovchilar terminaliga ega bo‘ladi.
Qurilish tugallangach, u sun’iy orolda qurilgan dunyodagi eng yirik aEroportga aylanadi va o‘lchami mos ravishda 4,8 va 4,1 kvadrat milya (12,4 va 10,6 kvadrat kilometr) bo‘lgan Gonkong xalqaro aEroporti (HKG) hamda Yaponiyaning Kansai aEroportini (KIX) ortda qoldiradi.
Ulkan aEroport har yili 540 ming parvozda 80 millionga yaqin yo‘lovchini qabul qilishi rejalashtirilgan.
"Mamlakatning eng yirik offshor aEroporti sharqdagi quyosh chiqishi kabi dengiz sathidan asta-sekin ko‘tarilyapti," - deya aEroport Xitoyning WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi bayonotida ma’lum qildi.
AEroport Xitoyning shimoli-sharqidagi Lyaoning viloyatida, Dalyan shahrining shimolida qurilmoqda. 7,5 million aholi istiqomat qiladigan bu sohilbo‘yi hududida go‘zal plyajlar va me’moriy yodgorliklar mavjud bo‘lib, u Singxay maydoni va Dalyan o‘rmon hayvonot bog‘i kabi boshqa sayyohlik maskanlariga yaqin joylashgan.
Yaponiya va Janubiy Koreyaga yaqinligi tufayli, u Xitoyning uzoq yillik transport markaziga aylangan.
U 1927 yilda ochilgan va ketma-ket kengaytirishlardan so‘ng o‘sish uchun joy qolmagan shaharning asosiy aEroporti - Dalyan Chjoushuyzi xalqaro aEroporti o‘rnini egallaydi. 2018 yilda aEroport deyarli 19 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, Xitoyning shimoli-sharqidagi eng gavjum va mamlakat bo‘yicha 24-o‘rindagi aEroport bo‘ldi.
AEroport qurilishi 2011 yil aprelda boshlangan bo‘lsa-da, rasman 2012 yilda e’lon qilingan. Dastlab 2018 yilda ochilishi rejalashtirilgan bo‘lsa-da, Metro nashrining xabar berishicha, aEroport 2035 yilda jamoatchilik uchun ochilishi kutilmoqda.