23 noyabr — O‘zbekistonda koronavirus statistikasi qanday o‘zgardi?

23 noyabr — O‘zbekistonda koronavirus statistikasi qanday o‘zgardi?

2020 yil 23 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 71 847 (+188) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
— 3 nafari Andijon viloyatida,
— 7 nafari Buxoro viloyatida,
— 6 nafari Namangan viloyatida
— 14 nafari Sirdaryo viloyatida,
— 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
— 42 nafari Toshkent viloyatida,
— 112 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, kecha 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 604 nafarga yetdi.

Kecha kun davomida:
— Andijon viloyatida 2 nafar, 
— Buxoro viloyatida 19 nafar, 
— Namangan viloyatida 10 nafar, 
— Samarqand viloyatida 10 nafar, 
— Sirdaryo viloyatida 18 nafar, 
— Surxondaryo viloyatida 6 nafar, 
— Toshkent viloyatida 40 nafar, 
— Toshkent shahrida 98 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 69 118 (+203) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2125 nafar bemordan 213 nafari og‘ir, 48 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!