21 sentyabr kuni harorat nisbatan ko‘tariladi
“O‘zgidromet” 21 sentyabr, shanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, harorat bundan bir kun avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan ko‘tariladi.
Toshkent shahrida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 15-17 daraja, kunduzi 29-31 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 26-31 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.
- Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
- Harorat kechasi 9-14 daraja, kunduzi 20-25 daraja bo‘ladi.