2030 yilda 60 ga yaqin kasblar yo‘qolib ketishi mumkin

A A A
2030 yilda 60 ga yaqin kasblar yo‘qolib ketishi mumkin

Ilgari robot desa, jonsiz, ammo Alovuddinning sehrli chirog‘idagi qul kabi har qanday istagingizga “labbay”, deb turuvchi bir matohni tushunardik. O‘sha jonsiz deganimiz robotga bugun aql, his-tuyg‘u ham jo qilindi, endi uning odamdan nima farqi qoldi ekan?

Texnologiyalar olamida sun’iy aql degan tushuncha paydo bo‘ldi-yu, ko‘pchiligimiz dunyoga boshqacha ko‘z bilan qaray boshladik. Sun’iy aql, bu – insoniy fikrlashni simulyasiya qiladigan texnologiya bo‘lib, u orqali dastur va mashinalar nostandart ijodiy vazifalarni bajara olishi va mavjud ma’lumotlarga asoslanib, yangi ma’lumotni ishlab chiqishi mumkin. Sun’iy aqlga ega bo‘lgan mashina kun sayin rivojlanib, yangi axborotlarni qabul qilishga o‘ch o‘smirga o‘xshaydi va oxir-oqibat u nimaga o‘rgatilganiga ko‘ra qaror qabul qiladi.

Smart texnologiyadan ko‘zlangan maqsad “oqilona” ish tutishga qodir ekspert tizimlarini yaratish. Uni insoniy fikrlashning “kloni”, desak ham bo‘lar: o‘rgansin, ko‘rsatma bersin, tushuntirsin, xatolarni tuzatsin, maslahat bersin... xullas, “odam”ga aylansin.

Yaratilish tarixi

Sun’iy intellekt shakllanishi fanning alohida sohasi sifatida o‘tgan asrning 50-yillarida boshlangan. 1950-yili “Mind” jurnalida ingliz tilshunos olimi Alan Tyuringning “Aqlli mashinalar va ong” maqolasi chop etiladi. U odam, robot va uchinchi shaxs (savol beruvchi, u ham odam) o‘rtasida tajriba o‘tkazdi. Unga ko‘ra, savol beruvchi robot va odamni ko‘rmagan holda savol berishi va kimning kimligini aniqlashi lozim bo‘lgan. Natijada robot savollarga to‘g‘ri va tez javob berib, insonni ortda qoldirgan. Mazkur testni o‘tkazishdan maqsad esa, sun’iy aqlning qodirlik darajasini bilish edi. Bu tajriba keyinchalik fan olamida “Tyuring testi” nomi bilan mashhur bo‘ldi.

O‘tgan davr mobaynida bu sohada tinimsiz va uzluksiz izlanishlar olib borildi, olimlar muvaffaqiyatli natijalarga erishdi. Jumladan, 1997 yili 11 mayda IBM kompaniyasi tomonidan yaratilgan Deep Blue shaxmat o‘yiniga mo‘ljallangan super kompyuter shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Garri Kasparovni mag‘lubiyatga uchratdi. Devid Fruchchi rahbarligida yaratilgan IBM Watson sun’iy aql egasi esa inson ovozini qabul qilib, savollariga javob qaytaradi. MYCIN qondagi infeksiyalar, meningit va bakteriyemiya kasalliklarini aniqlash maqsadida 1970 yillarda Stenford universiteti olimlarining olti-etti yillik zahmati natijasida dunyo yuzini ko‘rdi. Robotlar shu darajada ko‘payib ketdiki, 1993 yili RoboCup (Robot Soccer World Cup) – robotlar o‘rtasida futbol bo‘yicha jahon chempionatiga asos solindi.

2000 yillarga kelib sun’iy aql jamoatchilikka xizmat ko‘rsatish maskanlarida keng tarqaldi, turli sohalarda ishni yengillashtiruvchi “xodim”ga aylandi: bir qarasangiz, kasalliklarga tashxis qo‘ygan, jumboqli masalalarga yechim topgan, savdo-sotiqni boplagan, bir qarasangiz, his-tuyg‘ularingizni o‘rganib, odamdek sizga muomala qilgan (Kismet), Antarktidaning odambormas joylariga borib, tuproqni tadqiq qilgan, meteoritlarni topgan (Nomad roboti). Yana biri, Sofiya ismlisi esa Saudiya Arabistoni fuqarosiga aylanib olgan-u, odamlarni yo‘q qilishini aytgan... Xullas, qayoqqa qaramang, robot, robot, robot...

Kunda-kun ora sun’iy aql egalarining hayratomuz yangiliklarini eshitamiz: Rembrandtdan kam rasm chizmaydigan robot yaratildi, odamdan tez o‘qiy olarkan, xitoyliklarning eng murakkab o‘yini bo‘lmish Goda g‘olib chiqibdi va hokazo, hokazo...

Tanganing ikki tomoni

Nima uchun dunyoning ko‘plab davlatlarida hukumat robotlardan foydalanishga ruxsat berdi? To‘g‘ri, savolga salbiy yoki ijobiy munosabat bildirish qiyin, ammo tan olish kerakki, sun’iy aqlning odamlarga keltirayotgan foydasi ham ancha-muncha. Masalan, saraton kasalligini aniqlash, oldini olish, xonadon xavfsizligini ta’minlash, virtual yordamchi sifatida biznesni rivojlantirish (Siri, OK-Google), qo‘l mehnatini avtomatlashtirish (xat yetkazishdan aviachipta sotib olishgacha), ishlab chiqarishni yengillashtirish, odamlarni turli xavflardan asrash (zavodlarda shikastlanish va o‘lim holatlarining oldini olish, og‘ir mehnatdan xalos etish), robototexnika (koinot, dengiz tubi va yer yadrosini o‘rganish)da sun’iy aqlga ishonish mumkin.

Ammo tanganing ikkinchi tomoni undan-da hayratlanarli. Fantast-yozuvchilar sun’iy aqlning his qilish va yaratish funksiyalari ishga tushsa, uni insoniyat to‘xtata olmasligini bashorat qilishmoqda. Texnologiya olamining “otalari” – fizik-nazariyotchi Stiven Hoking, Microsoft korporasiyasi asoschisi Bill Geyts, Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask odamlar super intellektual mashinalar ustidan nazoratni yo‘qotishi, ularning foydasidan zarari ko‘proq ekanidan xavfsirashgani ham rost.

Ilon Maskning aytishicha, aqlli robotlar bir kunmas-bir kun odamzodni qirib tashlaydi. Uning xavflilik darajasi yadro qurolinikidan ham yuqori. Stiven Hoking esa, oddiy robotlar foyda keltirayotgani rost, ammo ertaga ular o‘zini o‘zi takomillashtirishga tushsa, unda odamzod hech nima qilolmaydi, ularning evolyusion tezligi bilan musobaqada yengilamiz, deya ogohlantirgan. Bill Geytsning fikricha, avvaliga ular bizga foyda keltiradi. Bir necha o‘n yillardan so‘ng esa, faqat zararini ko‘ramiz. Unda kech bo‘ladi. Ayrim odamlarning bundan xavfsiramasligiga tushunmayman, deydi u.

ABBYY kompaniyasi asoschisi va boshqaruvi raisi David Yanning “Sun’iy aql asalaridan ham omiroq. Hozircha!” deyishida jon bor. Negaki, chivinlarning asab tizimi 500 ming neyrondan iborat, bu ko‘rsatkich asalarida 800 ming, itda 160 million, va nihoyat odamda 85 milliardni tashkil etadi. Zamonaviy kompyuter tizimlaridagi neyronlar soni esa bor-yo‘g‘i bir necha ming, ayrim hollardagina millionga yetishi mumkin. O‘z-o‘zidan ayonki, sun’iy aql itdan 100, odamdan 100 ming barobar aqliy ojiz ekan. Endi o‘ylab ko‘raylik, asalaridan ham omi bo‘lgan robotning bugungi karomatlari shu bo‘lsa, odamniki bilan tenglashganda, dunyo qay ko‘rinishda bo‘ladi?

Yaqin kelajakka sayohat

Mashhur futurolog va Google kompaniyasi texnik direktori Reymond Kursveylning ta’kidlashicha, aqlli texnologiyalar2030-2040 yillarga borib inson miyasi bilan bellasha oladi, hatto o‘zib ham ketadi. Keyingi 20 yil ichida dunyo manzarasi qay ko‘rinishda bo‘lishiga qiziqyapsizmi? Unda futurolog Reymond Kursveyl bashoratlariga boqing:

2022 yil – Amerika va Yevropada odamlar va robotlar munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinadi. Robotlar faoliyati, huquq va majburiyatlari qonun doirasida chegaralanadi.

2024 yil – insonning kompyuter-yordamchisi bo‘lmagan avtomobilni boshqarishi taqiqlanadi.

2025 yil – inson gadjet-implantatlarni o‘rnatadi.

2027 yil – murakkab harakatlarni bajara oluvchi shaxsiy robotlar muzlatgich yoki gaz plitasi singari kundalik buyumga aylanadi.

2031 yil – kasalxonalarda inson organlarini chop etish uchun 3D-printerlar ishlatiladi.

2033 yil – yo‘llar o‘zini o‘zi boshqaruvchi avtomobillarga to‘ladi.

2038 yil – robotlashgan odamlar paydo bo‘ladi. Ular qo‘shimcha aql (misol uchun, inson miyasi ojizlik qiladigan, ma’lum bir tor doiraga qaratilgan) va turli implantatlar (ko‘z kameralaridan qo‘shimcha qo‘l protezlariga qadar) bilan “qurollangan” bo‘ladi.

2040 yil – qidiruv mexanizmlari inson tanasiga joylashtiriladigan gadjetlar uchun asos bo‘ladi. Tadqiqot fikr yordamida amalga oshiriladi.

2043 yil – ko‘p sonli nanorobotlar tufayli inson tanasi har qanday shaklga kirishi mumkin. Ichki organlar kibernetik qurilmalar bilan almashtiriladi.

2044 yil – sun’iy aql biologik aqldan milliard marta aqlliroq bo‘ladi.

2045 yil – Yer yagona gigant kompyuterga aylanadi.

Jurnalistlar, kasbingizni o‘zgartiravering!

Oksford universiteti tadqiqotchilarining taxmin va bashoratlariga ishonadigan bo‘lsak, yaqin kelajakda dasturlashning asosiy ko‘nikmalari hamda bir necha tilni bilmay turib, yashab qolish qiyin. McKinsey Global Institute ma’lumotlariga qaraganda, hozirda kasblarning 5 foizi avtomatlashtirilgan. Ammo yaqin kelajakda robotlar 60 foiz kasb faoliyatining uchdan bir vazifasini mukammal ado eta oladi. Olimlarning fikricha, 2030 yilgacha 57 ta mutaxassislik yo‘qoladi. Jumladan, hisobchi, statistika bo‘yicha mutaxassis, stenograf/kriptograf, kopirayter, kutubxonachi, gid, tahlilchi, pochtachi, YPX inspektori, yuk poyezdi haydovchisi, konchi, tikuvchi, ofisiant... va nihoyat jurnalist.

Ishonmayapsizmi? “Bloomberg” kompaniyasi o‘z tahririyatining bir qismini allaqachon sun’iy aqlga almashtirdi, ular birja yangiliklarini odam-jurnalistlarga qaraganda tez va chiroyli taqdim etar ekan. “Financial Times” gazetasi 2016 yili vakolatli muxbiri hamda aqlli robot “Emma” o‘rtasida musobaqa-tajriba o‘tkazdi. Bosh muharrir ikki maqoladan qaysi biri muxbiriga, qaysinisi Emmaga tegishli ekanini topishi lozim edi. Xullas, bunday bo‘ldi: Britaniyada ishsizlik mavzuidagi maqolani Emma 12 daqiqada, jurnalist esa 35 daqiqada yozib tugatdi! Shuningdek, robotning maqolasida fakt va raqamlar ko‘p keltirilgan. “Stealth” startap mahsuloti bo‘lgan Emma yozadi va bajaradi, hozircha “miya”dan mosuvo. Shu boismi, jurnalistning maqolasi robotnikidan muvaffaqiyatliroq chiqqan. Demak, hozircha odam-jurnalistlarga ehtiyoj bor.

Xulosa qilib aytganda, inson aql-tafakkuri o‘ziga dushman bo‘ladimi yo do‘st, buni vaqt ko‘rsatadi. Ammo kelajakda kutilayotgan hodisalarga har tomonlama tayyor turish, ogoh va sergak bo‘lish lozim.

Sevara Alijonova, O‘zA


Manba: darakchi.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Abduqodir Husanovning muvaffaqiyatlari ortidan Qozog‘iston futboli tanqid qilindi

Қўшни давлатларда аллақачон жаҳон даражасига чиққан футбол юлдузлари етишиб чиқаётган бир пайтда, Қозоғистон футболи ҳамон Дастан Сатпаевнинг келажакдаги муваффақиятига умид қилиб яшамоқда.

Tadbirkor prezidentdan 2–3 tonna oltin so‘radi va....

У мамлакат олтин захираси 52 тоннадан ошганини эслатиб, бизнесни оёққа турғизиш учун Ўшга 2–3 тонна олтин ажратишни сўради.

AQSh Husanovdan hayratda!

АҚШнинг жаҳонга машҳур The New York Times нашри Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов ҳақида таҳлилий материал эълон қилди.

“Real” yulduzlarni jilovlaydigan murabbiy topdi

“Реал” раҳбарияти жамоага бош мураббий сифатида Дидье Дешамни таклиф қилишга тайёргарлик кўраётгани хабар қилинган эди.

Ronaldu bo‘ldi, futbolni tugat!

Швециялик собиқ футболчи Андерс Лимпар Криштиану Роналдуга карьерасини якунлашни маслаҳат берди.

Italiya JCH-2026 ishtirokchilari qatoriga qo‘shilishi mumkin

Италия миллий терма жамоаси назарий жиҳатдан 2026 йилги жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкин.

2040 yilda 33 ta mamlakat suv tanqisligiga duch keladi

Вазият, айниқса, Яқин Шарқда қийин. Бу ердаги сув хавфсизлиги даражаси дунёдаги энг паст кўрсаткичлардан бири.

"Chelsi"ga qarshi Abduqodir Husanovning o‘yini qanday baholandi? (Foto)

Англия чемпионати 32-турида "Манчестер Сити" "Челси" майдонида 3:0 ҳисобида йирик ғалабани расмийлаштирди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

AQShning rejasi barbod bo‘ldimi?

Эроннинг янги раҳбарияти аввалгисидан ҳам "кескинроқ" бўлиб чиқди

Samarqandda 1956 yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyida vafot etganligi holati yuzasidan prokuratura tekshiruv olib bormoqda

Марҳумнинг ўлим сабабларини аниқлаш мақсадида суд-тиббиёт экспертизаси тайинланган.

Eronning ikki million barrel neft tashiy oladigan supertankeri AQShning Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi dengiz blokadasini muvaffaqiyatli yengib o‘tdi

Bloomberg агентлиги Ҳўрмуз бўғозидан бунгача Хитойга алоқадор Rich Starry танкери ўтганини ҳақида хабар берганди.

Peter Madyar prezidentdan iste’foga chiqishni talab qildi

Тамаш Шуёк билан учрашувга парламентда вакиллик қилаётган бошқа икки партия етакчилари, жумладан, Виктор Орбан ҳам таклиф этилган.

ECHL yarim finalida to‘rtta davlatdan to‘rtta jamoa qoldi

Чемпионлар лигасининг жорий мавсуми ярим финал босқичида қизиқарли ҳолат кузатилмоқда

JAR siyosatchisi Julius Malema 5 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

"Иқтисодий эркинлик учун курашчилар" (EFF) партияси етакчиси Жулиус Малема 2018 йилги митингда ўқотар қуролдан ноқонуний фойдаланганликда айбдор деб топилди

Oq uy olimlarning sirli o‘limi va yo‘qolishi haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi

Бу ҳақда The Times Кэролайн Левиттга таяниб хабар берди.

AQSh Eronga qarshi “Iqtisodiy g‘azab” operasiyasini boshladi

Бу ҳақда Пит Хегсет матбуот анжуманида баёнот берди.

Samarqandda ma’danli toshlardan oltin ajratib olayotganlar ushlandi

Самарқанд вилоятида ноқонуний равишда маъданли тошлардан олтин ажратиб олиш билан шуғулланиб келган шахслар ушланди.

Ekologik ekspertiza tizimini raqamlashtirishda Koreya tajribasi o‘rganilmoqda

Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси ҳамда Давлат экологик экспертизаси маркази вакиллари 2026 йил 13–17 апрель кунлари Жанубий Корея пойтахти Сеулда бўлиб ўтаётган семинар-воркшопда иштирок этмоқда.

AQSh Senati to‘rtinchi marta Erondagi urushni to‘xtatishdan bosh tortdi

Америка Сенати яна бир бор президент Дональд Трампнинг Конгресс розилигисиз Эронга қарши ҳарбий ҳаракатлар олиб бориш ҳуқуқини чеклашга қаратилган резолюцияни қўллаб-қувватламади.

Narkosavdogarlardan Afg‘onistondan olib kelingan qariyb 9 kg “opiy” giyohvandlik vositasi olindi

Натижада, автомашинада кетаётган Қўшкўпир туманида яшовчи, 2002 й.т., муқаддам наркожиноят содир этганлиги учун судланган шахсга тегишли 4 кг 541 гр “опий” моддаси борлиги аниқланди

Avstraliyadagi neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuz berdi

Гап мамлакатдаги нефт маҳсулотларининг 10 фоизигача бўлган қисмини таъминлайдиган корхона ҳақида бормоқда.

Eron raketalarini yana yer osti bazalaridan chiqarmoqda — AQSh ularni to‘liq yo‘q qila olmadi — CNN

Сўнгги АҚШ разведка ҳисоботларига кўра, бир неча ҳафталик жангларга қарамай, Эроннинг ракета қурилмаларининг тахминан ярми ҳали ҳам сақланиб қолган.

Turkiyadagi yana bir maktabda otishma sodir etildi: qurbonlar bor

Ҳодиса Онкишубат туманидаги мактабда содир бўлган. Оқибатда ҳудудга кўплаб полиция кучлари жалб этилди.

Turizm qo‘mitasiga yangi matbuot kotibi tayinlandi

Шаҳбоз Саидханов Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси ҳузуридаги Оммавий ахборот воситалари учун контент тайёрлаш маркази хулосасига асосан Ўзбекистон Республикаси Туризм қўмитаси раисининг ахборот сиёсати бўйича маслаҳатчиси — ахборот хизмати раҳбари, “Миллий PR-маркази” директори лавозимига тайинланди.

2025 yilda dunyo muzliklarida 408 gigatonna muz erib ketdi

Энг катта музлик йўқотилиши 2023 йилда қайд этилган — 555 гигатон. Аксинча, 1983 йилда муз массасининг рекорд даражадаги ўсиши 115 гигатонни ташкил этди.

Sport ozuqasi kapsulalari ichida "jon saqlagan" sintetik narkotiklar fosh bo‘ldi

Мазкур гиёҳвандлик воситаларининг қора бозорида чакана нархи 350 минг доллларгача етади!

Toshkentda metro poyezdi vagoni eshigi ochiq holda harakatlandi​​​​​​​

Машинист эса эшик ёмилмаса-да, ҳаракатни давом эттирган. Кейинги бекатда поезд тўхтатилган ва йўловчилар туширилиб, ҳаракат таркиби техник кўрик йўлагига олиб кетилган.

35 dollar evaziga bojxonadan olib o‘tilayotgan sumkadan sintetik narkotiklar topildi!

“Тошкент-Аэро” ИБК тезкор тузилмалари ва Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари билан ҳамкорликда аниқланган навбатдаги ҳолатнинг “қаҳрамон”и бир қарашда айбсиз айбдордек туюлади.

DXX xorijiy raqamlardan bo‘layotgan shubhali qo‘ng‘iroqlardan ogohlantirdi

Улар қўнғироқни интернет орқали юбориб, рақамни аввалдан сохталаштириб қўйганликлари боис, мобил компаниялар тизимида бу қўнғироқни ким ва қаердан амалга оширганини аниқлаш мушкул.

Sirdaryo viloyati sudyasi 3600 dollar pora bilan ushlandi

Судя тезкор тадбирда ашёвий далил билан қўлга тушган.

Ohangaron tog‘larida yo‘qolib qolgan 4 yoshli bola tirik topildi

Қидирув-қутқарув ишлари 6,5 соатдан ортиқ давом этган.

Dunyoga «dahshatli darajada» ish o‘rni yetishmovchiligi xavf solmoqda

Бу ҳақда Reuters хабар берди.

Kreml Vengriya muxolifati rahbarini tabriklashdan bosh tortdi

Бу ҳақда Россия президенти матбуот котиби Дмитрий Песков маълум қилди.