2024 yilda Ukraina dronlarining 95% dan ortig‘i xususiy Ukraina kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladi

2024 yilda Ukraina dronlarining 95% dan ortig‘i xususiy Ukraina kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladi

Ukraina xususiy biznesi joriy yilda rejalashtirilgan 1 million dronning 95 foizdan ortig‘ini ishlab chiqaradi, deya ma’lum qildi Raqamli transformasiyalar vaziri Mixail Fedorov forumda.

«Prezident tomonidan e’lon qilingan 2024 yilda million dron ishlab chiqarish rejasi bajariladi. Birinchi navbatda dronlar ishlab chiqaruvchi ukrainalik tadbirkorlarga rahmat. Ushbu dronlarning deyarli 95 foizi, hatto undan ham ko‘prog‘i ular tomonidan yig‘iladi. O‘tgan yili biz dron ishlab chiqaruvchilar uchun tartibni soddalashtirdik, bu yil yer usti robot platformalarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, elektron urush uskunalarini ishlab chiqaruvchilar uchun ham shunday qilamiz», — dedi Fedorov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, deregulyasiya Ukrainada UAV bozorining paydo bo‘lishiga yordam berdi, uning ishlab chiqarilishi 2023 yil oxiriga kelib o‘rtacha 120 baravarga, shu jumladan FPV dronlari 200 barobarga oshdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!