2024 yil birinchi choragida 262 ming litr sifatsiz neft mahsulotlari aniqlandi

2024 yil birinchi choragida 262 ming litr sifatsiz neft mahsulotlari aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha joylarda muntazam ravishda nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, joriy yilning birinchi choragida neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 25 ta holatda
262 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olindi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan mahsulot sifatini tiklash boyicha ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!