2023 yilda 16,9 ming gektar yerdan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlangan

2023 yilda 16,9 ming gektar yerdan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlangan

AOKAda Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi, Respublika aerogeodeziya markazi rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida tizimda 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, dolzarb vazifalar ijrosi haqida ma’lumot berildi:

Erga bo‘lgan huquqlarni bekor qilish yuzasidan hokimliklarga 2 438 ta (15,9 ming gektar) taqdimnomalar hamda sudlarga 81 ta (943 gektar) da’vo ariza kiritildi.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 146 024 ta bo‘sh yer uchastkalari “Erelektron” tizimiga kiritilib, 66 244 tasi ausionga chiqarildi.

Hisobot davrida 6 turdagi yangi kadastr xizmatini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, davlat xizmatlari markazlari va notarial idoralar orqali jami 17 turdagi 2,5 mln. dan ortiq kadastr xizmatlari ko‘rsatildi.

Er nazorati tadbirlarida inson omilini kamaytirish maqsadida yagona “Er nazorat” axborot tizimi ishga tushirilib, Bosh prokuratura va IIVning axborot tizimlariga integrasiya qilindi.

97,6 ming kv.km aero va kosmik suratga olish ishlari bajarildi va buning natijasida 91,5 ming kv.km. raqamli ortofotoplanlar yaratilib, 60,4 ming kv.km. topografik xaritalar yangilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!