2022 yil Yevropada eng ko‘p do‘l hodisalari kuzatildi

2022 yil Yevropada eng ko‘p do‘l hodisalari kuzatildi

Evropa xavfli meteorologik hodisalar monitoring markazi hisobotida keltirilishicha, 2022 yilda Yevropada 8224 holatda diametri 2 sm dan katta do‘l hodisalari ro‘yxatga olingan. 2021 yilda bu ko‘rsatkich 2791 ta edi.

O‘tgan yili 5 sm dan katta do‘l hodisalari 1334 holatda, 10 sm dan katta do‘l yog‘ishlar 18 holatda qayd etilgan. Do‘l hodisalari asosan 20 maydan 10 iyul oralig‘ida kuzatilgan.

Katta hajmga ega do‘l hodisalaridan, 215 kishi jarohatlangan. 1 kishi halok bo‘lgan.

Ko‘rib turganingizdek, Yevropada 2022 yil nafaqat eng issiq qurg‘oqchil yil, balki to‘satdan kuchli jala va eng ko‘p do‘l yoqqan yil sifatida ham tarixga kirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!