2021 yilda O‘zbekistonda 11ta yangi GES quriladi

2021 yilda O‘zbekistonda 11ta yangi GES quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 fevral kuni gidroenergetika tarmog‘idagi investisiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

2017 yil may oyida 2017–2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantirish dasturi qabul qilingandi. Bu dasturga jami 3,4 milliard dollarlik 65 ta loyiha kiritilgan bo‘lib, shundan 34 tasi yangi quvvatlar tashkil etish, 31 tasi mavjudlarini modernizasiya qilishga qaratilgan.

Rasmiy relizga ko‘ra, bugungi kunda 1 100 megavattlik 12 ta loyiha ishga tushirilgan. 950 megavattlik yana 20 ta loyiha yakuniy bosqichda amalga oshirilmoqda.

2021 yilda O‘zbekistonda 11ta yangi GES quriladi

2021 yilda umumiy qiymati 1 milliard 420 million dollar bo‘lgan 16 ta loyiha rejalashtirilgan. Xususan, 11 ta yangi gidroelektr stansiyasi qurilib, 587 megavatt elektr quvvati yaratiladi. Qolgan 5 ta loyihaga ko‘ra, mavjud stansiyalar modernizasiya qilinib, ishlab chiqarish imkoniyati kengaytiriladi.

Taqdimotda sohani transformasiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!