2021 yilda dunyodagi eng kuchli pasportga ega bo‘lgan davlat aytildi

2021 yilda dunyodagi eng kuchli pasportga ega bo‘lgan davlat aytildi

Ba’zi pasportlar o‘z egalariga boshqalarga qaraganda ko‘proq erkinlik beradi.

2021 yilda Yaponiya yana bir bor Henley Passport Index tomonidan dunyodagi eng kuchli pasportga ega davlat deb topildi. 2019 yilda Yaponiya pasporti bilan erkin sayohat ro‘yxatiga yana bir davlat (Braziliya) qo‘shildi. Ya’ni yapon pasporti egalari 191 ta davlatga vizasiz kirish huquqiga ega.

Osiyoning yana bir davlati – Singapur 190 ta yo‘nalish bilan ikkinchi o‘rinda. Keyingi o‘rinlardagi Janubiy Koreya va Germaniya pasporti egalari 189 ta davlatga vizasiz sayohat qila oladi. Fransiya, Finlyandiya, Lyuksemburg va Italiya pasportlari 188 davlatga oldindan kelishilgan vizasiz kirish imkoniyati bilan keyingi o‘rinlarni band qilgan.

Amerika Qo‘shma Shtatlari reytingda pastroq o‘rinda bo‘lsa ham, Amerika pasporti egalari 185 mamlakatga cheklovlarsiz sayohat qilishlari mumkin. Bu Norvegiya, Belgiya, Shveysariya va Buyuk Britaniya fuqarolari uchun ham erkinlik darajasidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!