2019 yilning eng qimmat brendlar reytingi

2019 yilning eng qimmat brendlar reytingi

Forbes nashri ma’lumotlariga ko‘ra 2019 yilning eng qimmat brendlari Forbes 2019 yilning eng qimmat 100 brendi reytingini ma’lum qildi.  

Unga ko‘ra, qiymati 100 milliard dollardan oshadigan kompaniyalar faqat uchtadir. Eng yuqori 7-talik ro‘yxatning 6 tasi texnologiya sohasida faoliyat yuritadigan kompaniyalardir.

2019 yilning eng qimmat 10 brendlari:

1. Apple (texnologiya): $205,5 mlrd

2. Google (texnologiya): $167,7 mlrd

3. Microsoft (texnologiya): $125,3 mlrd

4. Amazon (texnologiya): $97,0 mlrd

5. Facebook (texnologiya): $88,9 mlrd

6. Coca-Cola (ichimlik): $59,2 mlrd

7. Samsung (texnologiya): $53,1 mlrd

8. Disney (hordiq): $52,2 mlrd

9. Toyota (avtomobil sohasi): $44,6 mlrd.

10. McDonald’s (restoranlar): $43,8 mlrd

Amazon bir yil ichida o‘z qiymatini boshqa brendlarga qaraganda ko‘proq oshirib, Facebookni ro‘yxatda bir pog‘onaga tushirib, uning o‘rnini egallashga muvaffaq bo‘lgan. Facebookning o‘tgan yilgi qiymatining pasayishiga sabab – bu qisman foydalanuvchilarning shaxsiy hayoti bilan bog‘liq mojarolar tufayli deb ko‘rsatilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!