Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) ekspertlari 2018-2023 yillarda O‘zbekiston bank tizimida raqobat darajasining o‘zgarishini tahlil qildi.
Tadqiqot o‘tkazishda ma’lum bir bozordagi raqobat darajasini aniqlashda keng qo‘llaniladigan CR (Konsentrasiya nisbati) va HHI (Xerfindal-Xirshman indeksi) indekslaridan foydalanildi. Mazkur indekslar qiymatining nolga yaqin bo‘lishi raqobat darajasining shuncha yuqoriligini bildiradi.
CR va HHI indekslarini hisoblashda 2018-2023 yillar oralig‘ida respublika hududida faoliyat olib borgan barcha tijorat banklarining asosiy faoliyat ko‘rsatkichlari, xususan, aktivlari, depozitlari va kreditlari miqdoridan foydalanildi.
Aktivlar. 2023-yilning 1-may holatiga ko‘ri, aktivlar bo‘yicha hisoblangan HHI indeksi 927 ni tashkil qildi va 2018-yilning 1-yanvar holatidagiga (1520) nisbatan 593 birlikka kamaydi. Bu esa o‘z navbatida, respublikamizda bank tizimi o‘rtacha konsentrasiyalashgan darajadan raqobatbardosh bozor tamoyillariga o‘tganligi, banklar o‘rtasidagi raqobatning sezilarli darajada oshganligidan dalolat beradi.
Kreditlar. Iqtisodiyotimizda tijorat banklari tomonidan ajratilgan kredit qo‘yilmalari hajmi so‘nggi 5 yil mobaynida qariyb 3,3 barobar yoki 127,2 trln. so‘m (YAIMga nisbatan 40,1 foiz) dan 413,4 trln. so‘m (46,5 foiz) gacha oshgan. Shundan jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit quyilmalari hajmi 7,5 barobar oshgan.
Shu bilan birga, milliy valyutada ajratilgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha tortilgan nominal foiz stavkasi 2018-yilning mos davridagi 20,0 foizdan 2023-yilda 22,5 foizgacha ko‘tarilgan. Bunda, kredit bo‘yicha real foiz stavkasi sezilarli darajada, ya’ni 0,3 foiz (20,0-19,7 ) dan 11,5 foiz (22,5-11) gacha ko‘tarilgan.
Depozitlar. HHI indeksi mos davrda 893,7 dan 703 birlikkacha pasaygan. CR indeksi tahliliga ko‘ra, 2018-yilning 1-may holatiga ko‘ra, eng yirik banklar beshtaligi bank tizimidagi jami depozitlarning 51,8 foiziga egalik qilgan bo‘lsa, 2023-yilning 1-mayiga kelib, ularning ulushi 40,5 foizgacha qisqardi. Xususiy banklar tomonidan jalb qilingan depozitlar ulushi esa 32 foizdan 40 foizgacha ko‘paydi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Мадриднинг "Реал" клуби бош мураббийи Хаби Алонсо 14 декабрь куни бўлиб ўтадиган "Алавес"га қарши сафар ўйинида ғалаба қозонмаса, истеъфога чиқарилади.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
АҚШ президенти Доналд Трамп Қўшма Штатлар армияси наркотик савдосига қарши ҳарбий кампанияни кенгайтиришини ва Лотин Америкасида қуруқликдаги нишонларга зарбалар бера бошлашини маълум қилди.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.
Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.
Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.
«Қозоғистон темир йўллари» компаниясининг маълум қилишича, заҳарланиш содир бўлган поезд хусусий ташувчига тегишли ва у суратга олиш жараёни учун киностудияга берилган.