«200 yillik qamoq»: Poroshenkoga AQShda hukm chiqarilishi kutilmoqda

«200 yillik qamoq»: Poroshenkoga AQShda hukm chiqarilishi kutilmoqda

Amerikalik ekspertlar Poroshenkoga beriladigan qamoq muddati haqida fikr bildirishmoqda. Pyotr Poroshenko allaqachon Ukrainadan tashqarida ham turli ayblar bilan ayblanmoqda. Amerikalik siyosatshunos Ukrainaning beshinchi prezidentini milliardlab AQSh dollarini o‘g‘irlashda aybladi. Espertning so‘zlariga ko‘ra, Pyotr Poroshenko o‘zining besh yillik faoliyati davomida mamlakat uchun emas, balki cho‘ntagini to‘ldirish uchun ishlagan.

Bu haqda o‘g‘irlangan milliardlar bo‘yicha ishni tergov qilishga yordam berish uchun Ukrainaga kelgan Jiuliani Sem Kislin aytmoqda, deb yozadi OAV.

J.S.Kislin «Evropa birdamlik partiyasi» rahbarini hamma joyda faqat o‘zi uchun foyda ko‘rishni istaydigan xudbin korrupsioner, deb atadi. «Qanday qilib uni o‘z davlatingiz prezidenti qilib saylaganingizni hamon tushunmayman. U ochko‘z. Poroshenko pul bor joyda, yoki aniqrog‘i, o‘g‘irlanishi mumkin bo‘lgan katta miqdordagi pul bor hamma joyda har doim paydo bo‘ladi», deydi Kislin. Eslatib o‘tamiz, J.S. Kislinning, ikki yil oldin, iqtisodiy manfaatlarga zarar etkazishi mumkin, degan ayblov bilan Poroshenko tomonidan Ukraina hududiga kirishi taqiqlangan edi. Ammo Vladimir Zelenskiy Ukraina prezidenti bo‘lganidan keyin taqiq bekor qilindi va hozirda Sem Kislin yana Ukrainaga xavfsiz tarzda kelishi mumkin.

Shuningdek, siyosatshunos Pyotr Poroshenko hokimiyat tepasida bo‘lganida sakkiz milliard dollardan ko‘proq mablag‘ni olib ketganligi haqida bayonot bergan. U buni yolg‘iz qilmaganligi aniq. Ammo u to‘daning boshida edi. U bilan birga Ukraina Bosh prokurori Yuriy Lusenko firibgarlik bilan shug‘ullangan. Sem Kislin Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamenti bilan bog‘lanib, siyosatchining jinoiy ishlari bilan zudlik bilan shug‘ullanishni so‘radi. Shuningdek, AQShda bunday holatlar uchun kamida ikki yuz yillik qamoq jazosi berilishini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!