19 iyul: bugun tarixda qanday voqea-hodisalar yuz bergan?

19 iyul: bugun tarixda qanday voqea-hodisalar yuz bergan?

Bugun 19 iyul haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.


AQSh – Milliy shahar asalarichilik kuni.
Yaponiya – Ayol vazirlar kuni.
Ukraina – Murabbiylar kuni.
Nepal – Muhandislar kuni.


🔸Arablar Pireney yarim orolini egallashdi (711).
🔸Tarixdagi birinchi fotografiya olindi (1822).
🔸Buxoro va Rossiya respublikalari o‘rtasida shartnoma imzolandi (1922).
🔸Turkiston davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) birinchi O‘rta Osiyo davlat universiteti nomini oldi (1923).
🔸Parij metropoliteni ochildi (1900).
🔸Moskvada XXII Olimpiya o‘yinlariga start berildi (1980).
🔸Asakada “O‘zDEUavto” qo‘shma korxonasining rasmiy ochilish marosimi (1996).
🔸Dunyoda birinchi marta til transplantasiyasi (ko‘chirib o‘tkazish) muvaffaqiyatli o‘tdi (2003).


🔹1834-yil: Dega Iler Jermen Edgar (1917) – Fransuz rassomi, haykaltarosh va impressionizmning yetuk namoyondasi.
🔹1896-yil: Archibald Kronin (1981) – Ingliz yozuvchisi.
🔹1921-yil: Rozalin Yalov (2011) – Amerikalik biofizik ayol, Nobel mukofoti sohibasi (1977).
🔹1937-yil: Damir Salimov (2019) – kinorejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1983).
🔹1971-yil: Vitaliy Klichko – Ukrainalik siyosatchi, Kiyev meri, sobiq og‘ir vazndagi bokschi, jahon chempioni.
🔹1975-yil: Oksana Chusovitina – badiiy gimnastika sportchisi. U dunyo bo‘yicha 8 ta olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachidir.
🔹1984-yil: Diana Mokanu – ruminiyalik sportchi, suzish bo‘yicha ikki karra olimpiya chempioni (2000).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!