19 aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

19 aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Samarqand va Jizzax viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27° bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi (2000 m dan yuqorida) bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!